“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 14:48
ЎЗO‘Z

Shifokorni haqoratlashdi... ish sudda ko‘rildi

20 fev, 22:08 3 005 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shifokorni haqoratlashdi... ish sudda ko‘rildi Fuqaro N.Ergashev 2020 yil 22 yanvar kuni soat 8:00 larda, Quva tumani, Bo‘ston mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 79-sonli QOP UASH binosiga kirib, u yerda ushbu poliklinika vrachi, ish bo‘yicha jabrlanuvchi M.G‘ulomovni nima sababdan turmush o‘rtog‘iga yo‘llanmani tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga emas, balki tuman tug‘ruqxonasiga yo‘llanma berganligini aytib, M.G‘ulomovni sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi va uyatli so‘zlar bilan hamkasblari orasida so‘kib haqorat qiladi.

Sudda aniqlangan holatlarga ko‘ra, jabrlanuvchi M.G‘ulomov 2020 yil 22 yanvar kuni poliklinikada xizmat vazifasini bajarayotganida, huquqbuzar N.Ergashevni turmush o‘rtog‘i M.Ergasheva kelib, homilador ekanligini aytadi, homiladorlikni ro‘yxatga olishdan avval tekshiruv uchun qon analizlar topshiriladi va qon analiz natijalariga ko‘ra, M.Ergashevada “gepatit-S” kasalligi aniqlanadi (og‘ir darajasi).

Shundan so‘ng shifokor xizmat vazifasidan kelib chiqib, yo‘riqnoma asosida bemorni tuman tug‘ruqxonasiga yo‘llanma asosida jo‘natadi, bemor M.Ergashevaga tuman tug‘ruqxonasi va yuqumli kasalliklar vrachlari tomonidan tibbiy muolajalar olib boriladi.

Vrachlar tomonidan huquqbuzar va uning ayoliga bemorning ahvoli og‘irlashayotganligini, aslida ushbu kasallik homilador bo‘lmaganlar uchun ham xavfliligini, homilasi katta bo‘lgan sari jigarni qisib qo‘yib jigar ishlamasligi va bemorning hayoti xavf ostida qolishi mumkinligi tushuntiriladi. Shundan so‘ng bemor M.Ergasheva homilasini tushirib yuboradi.

Sudda, yuqumli kasalliklar shifokorlari va tug‘ruqxona shifokorlari ham mutaxassis sifatida so‘raladi. Shundan so‘ng holatga aniqlik kiritiladi.
Chunki, N.Ergashev shifokorlardan maslahat olib, agar ayoli tug‘sa, uning ikki nafar farzandi onasiz qolishi mumkinligini tushunib yetadi va ayolini homilani tushirishini u va o‘zi xohlaganligi ayon bo‘ladi. Chunki bemorning hayoti haqiqatdan ham xavf ostida edi.

Mazkur ish Quva tuman ma’muriy sudida ko‘rilib, huquqbuzar N.Ergashev qilgan haqoratlari uchun kechirim so‘radi va uning uchun shifokor to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatganligini aytib, boshqa bu kabi holatlar qaytarilmasligiga va’da berdi, huquqbuzar qonunda belgilangan tartibda jazoga tortildi.

Quva tuman ma’muriy
sudining raisi
A.Jumayev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 42
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 44
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 134
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 263
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 76
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 113
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 6
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 7
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 41
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 42
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 26
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 38
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 24
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 74
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 44
  • UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video) 28 apr, 10:49 75
  • Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 10:43 24
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 63
  • Bo‘limlar