“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 13:49
ЎЗO‘Z

Dehqon bozorlaridagi narx-navo ma’lum qilindi

20 fev, 12:02 3 458 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dehqon bozorlaridagi narx-navo ma’lum qilindi Davstatqo‘m mamlakat hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 2020 yil 18 fevral kuni kuzatuv o‘tkazib, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini keltirdi.

Mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) 37 000 so‘mdan 57 000 so‘mgacha (kg)
Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kg mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da qayd etilgan (37 000 so‘m). Mol go‘shtining maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (57 000 so‘m).

Qo‘y go‘shti 39 000 so‘mdan 68 000 so‘mgacha (kg)
Qo‘y go‘shtining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Toshkent shahrining «Qo‘yliq dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (39 000 so‘m) ro‘yxatga olingan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (68 000 so‘m) kuzatildi.

Kartoshka 1 200 so‘mdan 5 000 so‘mgacha (kg)
Olib borilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra, kartoshkaning minimal narxi Toshkent shahrining «Eski shahar dehqon bozori» va «Farhod dehqon bozori»da qayd etilgan (1 200 so‘m). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (5 000 so‘m) qayd etildi.

Piyoz 1 700 so‘mdan 4 000 so‘mgacha (kg)
Kuzatuv natijasiga ko‘ra, piyoz mahsulotining minimal narxi Jizzax shahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori»da (1 700 so‘m) kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», Urganch shahrining «Urganch markaziy dehqon bozori»da kuzatildi (4 000 so‘m).

Sabzi 1 000 so‘mdan 5 000 so‘mgacha (kg)
Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Andijon shahrining «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Jizzax shahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori», Navoiy shahrining «Saxovat bozori», Namangan shahrining «Namangan chorsu dehqon universal bozori», Termiz shahrining «Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori», «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori», Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori», Chirchiq shahrining «Chirchiq dehqon bozori», Farg‘ona shahri «Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori», Urganch shahrining «Urganch markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori»da (1 000 so‘m) qayd etilgan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da (5 000 so‘m) kuzatildi.

Tuxum 4 000 so‘mdan 10 000 so‘mgacha (10 dona)
Tuxum mahsulotining kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Toshkent shahrining «Eski shahar dehqon bozori» «Farhod dehqon bozori» va «Qo‘yliq dehqon bozori»da kuzatildi (4 000 so‘m). Maksimal narxi esa Samarqand shahrining «Siyob dehqon bozori», «Temiryo‘l dehqon bozori», «Damariq dehqon bozori» Toshkent shahrining «Eski shahar dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da qayd etilgan (10 000 so‘m).

Guruch 3 800 so‘mdan 18 000 so‘mgacha (kg)
Kuzatuv natijalariga ko‘ra, Guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da ro‘yxatga olingan («Nukus» navli guruch 3 800 so‘m). Maksimal narx esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi («Lazer» navli guruch 18 000 so‘m).

O‘simlik yog‘i 8 000 so‘mdan 13 500 so‘mgacha (1 l)
O‘simlik yog‘i mahsulotlari kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Andijon shahrining «Andijon shahar markaziy dehqon bozori»da (mahalliy paxta yog‘i 8 000 so‘m) kuzatildi. Maksimal narxi esa Chirchiq shahrining «Chirchiq dehqon bozori» hamda Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (kungaboqar yog‘i 13 500 so‘m) kuzatildi.

Shakar 5 500 so‘mdan 6 500 so‘mgacha (kg)
Shakar mahsuloti kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Navoiy shahrining «Saxovat bozori», Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori», «Eski shahar dehqon bozori» va «Qo‘yliq dehqon bozori»da (5 500 so‘m) kuzatildi. Maksimal narxi esa Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Andijon shahrining «Yangibozor dehqon bozori» va «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Jizzax shahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori» va «Eski shahar dehqon bozori», Samarqand shahrining «Siyob dehqon bozori», «Temiryo‘l dehqon bozori», «Damariq dehqon bozori» hamda Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (6 500 so‘m) kuzatildi.
bozor, narx-navo




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 1
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 0
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 60
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 36
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 65
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 88
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 0
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 0
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 1
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 60
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 43
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 31
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 57
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 67
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 39
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 34
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 98
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 216
  • Bo‘limlar