“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 14:01
ЎЗO‘Z

«Men ham otamning sevimli qiziman!»

20 fev, 08:43 4 117 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Men ham otamning sevimli qiziman!» Singlimni turmushga berganimizga uch oy bo‘ldi. To‘yni o‘tkazib uyga qaytayotganimizda otam ko‘zlarida yosh bilan dedilar:
- Qizni uzatish o‘g‘ilni uylantirishdan farq qilar ekan. O‘g‘lingni uylantirganingda o‘zingni ziyoda bo‘lgandek his qilar ekansan. Qizingni uzatganingda esa bir parchang kamayganini his qilar ekansan.

Otamning bu gaplari qulog‘im ostida jaranglaydi. Qachon unutsam bir voqea sodir bo‘lib uni menga eslatadi.

Bir necha kun oldin bir uzuk ko‘rdim. Unda "Avval seni men yaxshi ko‘rganman" deb yozilgan edi. Sir emas, men ko‘ziga arab xati yozilgan uzuklarni yaxshi ko‘raman. O‘sha jumlalarning sirini, uning ortidagi qissani bilgim kelaveradi.

Muhimi uzukda "Avval seni men yaxshi ko‘rganman" deb yozilgan va bu uzuk ota tomonidan qizining nikoh to‘yida qizga sovg‘a qilingan edi.
Bu menga otamning yuqoridagi gaplarini eslatdi. Bir parcham uziladigan kunni eslab qizlarimga qarayman.

Uzuk qissasidan uzilib bo‘lishim bilan bir xabar o‘qidim. Amerikaning Virjiniya shtatida yashovchi 44 yoshli bir ota har kuni bir dastro‘molga odob va axloqqa undovchi bir jumla yozib qizi maktabda ovqatlanadigan qutichaga solib qo‘yishga odatlanadi.

Bir kuni ota ahvoli og‘irlashayotganini his qiladi. Shifokorga borsa unga saraton tashxisini qo‘yib sanoqli umri qolganini aytishadi. Shunda u qolgan umrini g‘animat bilib qizi uchun sakkiz yuzta risola bitadi. Ularni xotiniga berib o‘rta maktabni bitirgunicha har kuni bittadan qizining sumkasiga solib qo‘yishini vasiyat qiladi.

Darhaqiqat, ota vafot qildi, ammo qiziga bitgan risolalari yodgorlik bo‘lib qoldi.

To‘g‘ri, onalarning farzandlariga bo‘lgan mehrlarini shoirlar kuylashadi, adiblar yozishadi. Onalar haqiqatda haqli bu maqtovlarga. Oldingilar shunday deyishar edi. Biz ham ularga tobemiz bu mavzuda.

Ammo otalarga qani ta’rif? Qalamlar ularga odatda qiyo boqmaydi. Chunki ular erkakda. Erkak ayolga nisbatan chidamli va hislarini yashirishga kuch topa oladiganroq bo‘ladi. Faqatgina oshkor muhabbatnigina ko‘ra oladiganlar so‘qirlardir.

Otaning qiziga bo‘lgan muhabbatini Nabiyyimiz sallollohu alayhi va sallam bundan 1400 yil avval minbardan turib e’lon qilib qo‘yganlar:
"Qizim mening bir parcham. Uni notinch qilgan meni notinch qilibdi. Unga aziyat bergan menga aziyat beribdi".

Bir er xotiniga aziyat berishga odatlangan edi. Ammo qizchasini erkalar, uni juda yaxshi ko‘rar, u bilan o‘ynar edi. Xotini unga:
- Uni turmushga berganingizdan keyin eri uni xorlasa nima qilasiz?- dedi.
Er:
- Uni o‘ldiraman, dedi.
Shunda xotin:
- Meni ham otam yaxshi ko‘radilar. Men ham sevadigan otaning qiziman, dedi.

Manba: Azonauz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 11
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 21
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 93
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 43
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 11
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 42
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 101
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 21
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 165
  • Bo‘limlar