“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 00:00
ЎЗO‘Z

OAV erkinligini buzganlik uchun javobgarlik belgilanishi kutilyapti

19 fev, 19:16 2 585 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
OAV erkinligini buzganlik uchun javobgarlik belgilanishi kutilyapti Foto: OAKA
Bugun, 19 fevral kuni «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasining muhokamasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Kun.uz nashri.

Qonun loyihasida OAV erkinligini buzganlik uchun javobgarlik belgilanishi ko‘zda tutilgan.
Unga ko‘ra, quyidagilar OAV erkinligini buzish deb malakalanishi mumkin:
- fuqarolar, davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslari, jamoat birlashmalari tomonidan tahririyatlar, ommaviy axborot vositalari tarqatuvchilarining, shuningdek jurnalistlarning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish,
senzura,
- tahririyat faoliyatiga noqonuniy aralashish va uning ixtisoslashuv erkinligining buzilishi,
- OAVning noqonuniy tugatilishi yoki to‘xtatib turilishi,
- tahririyatning ma’lumot so‘rash va olish huquqi buzilishi,
- bosma nashrni chop etishning noqonuniy to‘xtatilishi, uning bir qismi yoki to‘liq adadining yo‘q qilinishi,
- qonuniy asosda faoliyat ko‘rsatayotgan OAV mahsulotining tarqatilishiga to‘siq qo‘yish, davriy bosma nashrlarning chakana savdosiga noqonuniy cheklovlar qo‘yish,
- jurnalistni axborotni tarqatish yoki uni tarqatishni rad etishga majbur qilish.

Bundan oldin OAVga davlat mansabdorlari ustidan parlamentga murojaat qilish huquqi berilishi, davlat amaldorlariga xususiy OAV ta’sis etish taqiqlanishi mumkinligi xabar qilingan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 43
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 250
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 87
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 95
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 80
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 230
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 59
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 32
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 21
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 83
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 107
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 36
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 70
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 68
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 171
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 187
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 119
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 43
  • Bo‘limlar