“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 23:35
ЎЗO‘Z

Dabdabali to‘y egalari jazolanadi, transport vazirligi va IIV kortejlarni nazorat qiladi

18 fev, 23:21 3 726 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dabdabali to‘y egalari jazolanadi, transport vazirligi va IIV kortejlarni nazorat qiladi Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev to‘ylarni ixchamlashtirish haqida fikr bildirib o‘tdi. Mutasaddining xabar berishicha, yangi qonun loyihasi ishlab chiqilayotgan bo‘lib, unga ko‘ra dabdabali to‘y egalari ma’muriy tartibda jarimaga tortilishi ko‘zlanmoqda.

«To‘ylarni tartibga solishga bundan 100 yil oldin, undan oldin ham, jadid bobolarimiz harakat qilishgan. Mahmudxo‘ja Behbudiy: «to‘y va aza kabi ikki qattol dushman oyog‘imizga tushov bo‘lib turibdi. To‘y va ta’ziyaga sarflab turgan aqchalarimizni ta’limga sarflasak, Ovro‘po kabi taraqqiy topgan bo‘lardik», — deganini hammamiz bilamiz.

Qadim-qadimdan urf-odatlarimizni tartibga solish haqida kuyunib gapirishgan. Bizning to‘ylarimiz hozir na Yevropa va na Osiyoga o‘xshaydi. Bachkanalik!

Odamlarimiz Rossiyaga borib qiynalib topgan pulini bir kunda havoga sovurib yubormoqda. Shu pulni yoshlarga atasa, ilm olishiga sharoit yaratsa, dunyoqarashimiz ham o‘zgararmidi...

To‘ylar natijasida qarzdorlik oshib, umrbod yuzko‘rmas bo‘lib ketish holatlari uchrab turibdi. Aynan shundan kelib chiqib, Parlament qaror qabul qildi va nizom tasdiqlandi. Bu nizom 1 yanvardan qonuniy kuchga kirgan.

Nizomni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik ko‘zda tutiluvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Yaqinda bu qonunni Parlament tasdiqlab bersa, o‘zgarish bo‘lishiga umid qilmoqdamiz.

Transport vazirligi IIV bilan birgalikda 1 oy muddatda to‘ylarda pullik avtotransport xizmati ko‘rsatish masalasini alohida nazoratga oladi.

To‘yxonalar egalari bilan tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Kortej, «lav stori», kelinning gul otishi kabi marosimlar ommaviy madaniyatning bir ko‘rinishidir. O‘zbek xalqiga hos ibo-hayo qayerda qoladi?», — dedi Baxtiyor Sayfullayev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 0
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 28
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 20
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 33
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 57
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 54
  • So'nggi yangiliklar
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 0
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 0
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 1
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 10
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 8
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 54
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 13
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 91
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 75
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 125
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 43
  • Bo‘limlar