“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 13:53
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda turizm shaharchasi paydo bo‘lishi mumkin

18 fev, 18:32 3 139 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda turizm shaharchasi paydo bo‘lishi mumkin Foto: Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi
Toshkentdagi Wyndham mehmonxonasida «O‘zbekistonda turizm hududlarini rejalashtirish va Turkiya tajribasi» mavzusidagi amaliy seminar o‘tkazildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan ushbu tadbirda Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi mutasaddilari, Turkiya mustaqil me’morlar uyushmasi rahbariyati ishtirok etdi.

Seminar doirasida qator yalpi sessiyalar o‘tkazilib, ularda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi hamda «Qishloqqurilishloyiha» instituti mutaxassislari mamlakatda yo‘lbo‘yi turizm infratuzilma ob’ektlari loyihalariga to‘xtaldi.

Tadbirda qo‘mitaning Turkiyadan jalb qilingan xorijiy maslahatchisi Sodiq Badak ham ishtirok etib, «O‘zbekistonda turizm hududlarini rejalashtirish va tematik turizm shaharchasi namunasi» mavzusida taqdimot qildi.

«O‘zbekistonda madaniy, gastronomik, tibbiyot, eko, agroturizm va turizmning boshqa turlarini rivojlantirish uchun juda katta imkoniyatlar mavjud. Shuni alohida ta’kidlash joizki, sayyohlar e’tiborini tortishda tematika muhim ahamiyat kasb etadi. Biz turizm hududlarini rivojlantirish uchun ularga muayyan mavzularni yuklashimiz kerak bo‘ladi. Mazkur loyihamizda o‘zbek xalqining uzoq yillik tarixi, madaniyati, etnografiyasi, an’ana va qadriyatlarini o‘zida aks ettiruvchi tematik turizm shaharchasi g‘oyasini ilgari surdik», — dedi Sodiq Badak.

Ikkinchi sessiyada Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi boshqarma boshlig‘i Taner Piri va bo‘lim boshlig‘i Mustafo O‘zdemir vazirlikning turizm hududlarini rejalashtirish va investorlar uchun yer maydonlarini ajratish faoliyati bo‘yicha taqdimot qildi hamda Turkiyaning turizm sohasida erishgan yutuqlariga to‘xtalib o‘tdi.

«O‘tgan asrning 70 yillari oxirida 300 ming sayyoh qabul qila olgan Turkiyadan 2019 yilda qariyb 52 million sayyohga yuqori darajali xizmat ko‘rsata olgan Turkiya o‘rtasida 40 yillik tajriba bor. Bu tajriba zamirida to‘g‘ri rejlashtirish va loyihalashtirish konsepsiyasi yotadi. Turizm hamma joyda ham rivojlanavermaydi, eng avvalo, turizm salohiyatiga ega bo‘lgan hududni to‘g‘ri tanlay bilish lozim. Shunchaki, shaharning bir chetida mehmonxona qurish, restoran ochish yoki savdo shoxobchasi barpo etish bilan turizm rivojlanib qolmaydi. Konsepsiyasi va reja-loyihasi ishlab chiqilgan hududlardagina kompleks turistik xizmat madaniyati shakllanadi», — deya ta’kidladi Taner Piri.

Seminarning ikkinchi kunida Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi xodimlari tomonidan loyihalashtirilayotgan turizm zonalari joyiga borib o‘rganildi. Toshkent viloyatidagi turizm zonalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar turkiyalik mutaxassislar tomonidan yuksak baholandi. Tadbir yakuniga ko‘ra, turkiyalik ekspertlar bilan loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 216
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 180
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 241
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 55
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 255
  • So'nggi yangiliklar
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 0
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 0
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 1
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 7
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 13
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 21
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 29
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 46
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 118
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 170
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 46
  • Bo‘limlar