“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 19:19
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev Peter Siyyarto boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

18 fev, 15:07 2 388 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev Peter Siyyarto boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi 18 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish uchun amaliy tashrif bilan mamlakatda bo‘lib turgan Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, davlat rahbari O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik va ko‘p qirrali sheriklik munosabatlari oxirgi yillarda izchil rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Turli darajada samarali muloqotlar yo‘lga qo‘yildi. Mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra 45 foizga ortdi. Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika va boshqa tarmoqlarda qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda. Ta’lim, madaniyat va turizm sohasidagi almashinuvlar kengaymoqda.

Peter Siyyarto samimiy qabul uchun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirib, Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik va mintaqaviy, jumladan, Yevropa ittifoqi bilan muloqot formatidagi sheriklikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Vengriyaning yetakchi kompaniyalari ilg‘or tajribasi va zamonaviy texnologiyalarini joriy etgan holda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda ularni moliyalashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Hududlararo aloqalarni rivojlantirish, bank, transport sohalariga oid dasturlarni amalga oshirish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash istiqbollari muhokama qilindi.
Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ham ko‘rib chiqildi, deyilgan ma’lumotda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 19
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 37
  • So'nggi yangiliklar
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 20
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 19
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 102
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 50
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 119
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 65
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 100
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 42
  • Bo‘limlar