“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 05:01
ЎЗO‘Z

Sirdaryoda ayol kishi tuman hokimi etib tasdiqlandi

18 fev, 14:30 4 057 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sirdaryoda ayol kishi tuman hokimi etib tasdiqlandi Dilfuza Jumanovna
Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi

Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari, senator Dilfuza Uralova viloyatning Boyovut tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmatiga ko‘ra, tuman Kengashining sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi. Unda Deputatlar O‘lmasjon Yormuhammadovich Mamadaminov boshqa ishga o‘tayotganligi munosabati bilan Boyovut tumani hokimi lavozimidan ozod etildi va o‘rniga Dilfuza Jumanovna Uralova Boyovut tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi viloyat hokimining qarorini bir ovozdan tasdiqladi.

O‘lmasjon Mamadaminov
Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi

Endilikda u O‘zbekistondagi yagona ayol hokimdir.

Ma’lumot uchun, Dilfuza Uralova 2012 yilda - «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan. Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi hisoblanadi.

D.Uralova 1985-1990 yillar mobaynida - Guliston davlat universiteti talabasi, 1990-2001 yillar - Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi, 2001-2010 yillar - Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, direktori bo‘lgan.

2010-2015 yillar mobaynida - Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan, 2015-2017 yillar mobaynida - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati bo‘lgan.

2017 yildan shu kunga qadar Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 27 dekabr kuni al-Xorazmiy maktabida yoshlar bilan bo‘lgan uchrashuvda Toshkent shahri tumanlaridan biriga ayol hokim tayinlashni taklif qilgandi. Prezident «qayerda ayol bo‘lsa, o‘sha yerda korrupsiya kamroq, o‘sha yerda xalq bilan muloqot ko‘proq» bo‘lishini ta’kidlagandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 37
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 199
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 269
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 64
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 73
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 35
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 56
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 36
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Bo‘limlar