“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 04:21
ЎЗO‘Z

Xokkey afsonalariga Tashkent City'dagi zamonaviy xonadonlarning kalitlari topshirildi

18 fev, 07:30 3 069 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xokkey afsonalariga Tashkent City'dagi zamonaviy xonadonlarning kalitlari topshirildi Sir emaski, bugungi kunda xalqimiz salomatligini mustahkamlash, aholining turli qatlamlari orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Shu bilan birga professional sportdagi g‘alabalarimiz salmog‘ini oshirish ham ustuvor vazifalardan biriga aylangan. Bu jarayonda nafaqat Olimpiya va milliy, balki qishki sport turlari, xususan xokkeyni yanada rivojlantirish va ommalashtirishga jiddiy ahamiyat berilmoqda.

Shu maqsadda o‘tgan yili ilk marotaba xokkey bo‘yicha tarixiy birinchi O‘zbekiston chempionati zo‘r muvaffaqiyat bilan tashkil etildi. Toshkentda “Xumo Arena” ko‘p tarmoqli muz saroyining barpo etilishi esa ushbu sport turi taraqqiyotida muhim jarayon bo‘ldi. Joriy mavsumdan boshlab “Xumo” xokkey klubi Oliy xokkey ligasi bahslarida ishtirok etib kelmoqda. Garchi nufuzli musobaqada o‘zining ilk mavsumini o‘tkazayotgan bo‘lishiga qaramay poytaxt jamoasi amalda muntazam chempionatning pley-off bosqichiga yo‘llanmani naqd qilib qo‘ydi.

“O‘zbekiston Respublikasida qishki sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori esa mamlakatimizda qishki sport turlarini rivojlantirishda yangi davrni boshlab beradi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Mazkur qarorning muhim bandlaridan biri – qishki sport turlari bo‘yicha chet eldan taklif qilinayotgan mutaxassislarning xizmat uylari bilan ta’minlanishidir. Bu esa xorijlik malakali trener va mutaxassislarni yurtimizga jalb etishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Darvoqe, “Xumo Arena” ko‘p tarmoqli muz saroyining ochilish marosimida ishtirok etgan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ushbu tadbirga mehmon sifatida tashrif buyurishgan rossiyalik xokkey yulduzlariga poytaxtimizdan uy-joy berishni, toki “ular Toshkentga mehmon bo‘lib emas, balki o‘z uyiga kelgandek bo‘lishsin”, degan taklifni bergandi.

Shu munosabat bilan bugun poytaxtimizdagi Dream City kompaniyasi ofisida tadbir o‘tkazildi. Unga nafaqat rus, balki dunyo xokkey afsonalari ham taklif etilgandi. Tadbirda Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Sharof Rahmonov ham ishtirok etdi va dastlabki uyning kalitini ikki karra Olimpiya chempioni, ko‘p karra Yevropa va jahon chempioni Aleksandr Yakushevga topshirdi.

So‘ngra Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Hamidullayevich Nabiyev ham so‘zga chiqib, rus xokkeyi afsonalarini yana bir bora yurtimizda ko‘rib turganidan mamnunligini ta’kidladi. Qolaversa, bugungi marosimdan keyin bu xokkey yulduzlari yurtimizga tez-tez kelib turishi va o‘z bilimlarini yoshlar bilan o‘rtoqlashishi, bu esa mamlakatimizda xokkey sportining jadal rivojlanishiga xizmat qilishini aytib o‘tdi. O‘z navbatida Dilmurod Nabiyev Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, “Stenli kubogi” sohibi va uch karra jahon chempioni Valeriy Kamenskiyga yangi uyning kalitini taqdim etdi.

Shuningdek, tadbirda xokkey afsonalari Aleksey Jamnov va Vitaliy Proxorovlarga ham Toshkentdagi eng ko‘rkam uylardan taqdim etildi. Marosimda so‘zga chiqqan V.Kamenskiy bu ehtiromdan boshi ko‘kka yetgani va bunday voqea uning hayotida ilk marotaba kuzatilganini ta’kidlab, buning uchun hukumatimizdan minnatdor ekanini bildirdi.

Manba: Sport vazirligi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 30
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 92
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 25
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 52
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 35
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 32
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 141
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 28
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 81
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • Bo‘limlar