“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 11:17
ЎЗO‘Z

Toshkentda 18 yoshli qizga hujum qilgan shaxs qidirilmoqda

18 fev, 07:00 3 653 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda 18 yoshli qizga hujum qilgan shaxs qidirilmoqda Toshkentning Chilonzor tumanidagi ko‘p qavatli uylardan biridagi liftda 18 yoshli qizga hujum qilgan erkak qidirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 15 fevral, shanba kuni, soat 12:00 lar atrofida Chilonzor tumani IIO FMB 5-sonli ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori, leytenant Sohib Yusupovga 4-uy boshlig‘i Albina Xarisova murojaat qilgan.

Albina Xarisova o‘z murojaatida shu uyda yashovchi 18 yoshli L.S.ning onasining so‘zlariga asoslanib, yuz bergan holat haqida ma’lum qilgan.
Ko‘p qavatli uyning liftida noma’lum shaxs 18 yoshli qizga hujum qilgan. Qiz baqirganida u qo‘rqib, qochib ketgan.

Profilaktika inspektori L.S. bilan birga kuzatuv kamerasidagi tasvirlarni ko‘zdan kechirgan hamda gumonlanuvchining suratini chiqarib olgan. Qayd etilishicha, gumonlanuvchi shaxsning surati Chilonzor tumanidagi barcha ichki ishlar bo‘linmalariga yuborilgan.

Hozirda gumonlanuvchining shaxsini aniqlash va uni hibsga olish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
«Agar gumonlanuvchi haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz, 71-232-30-40, 71-232-40-50 yoki 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘raymiz.
Gumonlanuvchi taxminan 25-35 yoshlarda, bo‘yi 170-180 santimetr atrofida, sochlari qora rangda», — deyiladi xabarda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 44
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 36
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 74
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 371
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 105
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 4
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 44
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 44
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 159
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 144
  • Bo‘limlar