“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 22:36
ЎЗO‘Z

Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan bojxona qiymatidagi “o‘yinlar” fosh etilmoqda

17 fev, 22:55 3 654 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan bojxona qiymatidagi “o‘yinlar” fosh etilmoqda Ma’lumki, import qilingan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Chunki, hisoblanadigan bojxona to‘lovlari miqdori aynan ana shu qiymatga bog‘liq bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksida tovarning bojxona qiymatini aniqlashning xalqaro umume’tirof etilgan usullarini qo‘llash tartiblari va shartlari belgilab qo‘yilgan.

Biroq, ayrim uddabiron shaxslar tomonidan belgilangan tartibni buzib, Davlat budjetiga bojxona to‘lovlarini kamroq to‘lash ilinjida tovarlarni bojxona qiymatini aniqlashda turli xil “o‘yinlarga” qo‘l urmoqdalar.

Davlat bojxona qo‘mitasi Raisining qarori bilan tuzilgan bojxona mutaxassislaridan iborat tahlil guruhi tomonidan “Erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga bojxona qiymati past holda rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyalari aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Gap shundaki, 2019 yil davomida Xitoy Xalq Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasiga “Oscar Konstation”, “Mono Tex Expo”, “Kontinent Optimal Trade”, “Astoria Expo Trade”, “Sunpremise”, “Vineta Luxse Trade”, “Alfameo Optimal Trade”, “Ros Standart Invest” va “Cosmos Industry” MCHJlar nomiga olib kelingan hamda “Erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan printerlarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazishda ataylab past narxlangan xulosalarga tayanib, qiymatlarni chegirib tashlash usulida bojxona to‘lovlari hisoblangan. Natijada jami 3,5 mlrd. so‘m qo‘shimcha undirilishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlari aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘g‘atilib, tergov organlariga yuborildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 20
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 33
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 57
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 54
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 33
  • So'nggi yangiliklar
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 10
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 8
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 54
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 13
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 91
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 75
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 125
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 43
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 63
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 32
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 42
  • Bo‘limlar