“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 10:41
ЎЗO‘Z

Sirdaryoda yuz bergan yong‘inda bir oilaning 6 nafar a’zosi halok bo‘ldi

17 fev, 10:44 3 489 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sirdaryoda yuz bergan yong‘inda bir oilaning 6 nafar a’zosi halok bo‘ldi Joriy yilning 17 fevral kuni soat 02:40da Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani, Sardoba shaharchasi, «Ko‘rkam diyor» MFY, Robot ko‘chasidagi 3-uy, 1-xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in natijasida uyning kirish yo‘lagi va yotoqxonasining 40 kv.m maydondagi uy jihozlari yongan. Yong‘in soat 03:00da o‘rab olinib, soat 03:45da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida ushbu uydagi 6 nafar fuqaro halok bo‘lgan. Vafot etgan fuqarolar: B.Z. 1972 y.t. (uy egasi), N.X., 1976 y.t. (turmush o‘rtog‘i), O.Sh., 1996 y.t. (qizi), O.D., 2006 y.t. (qizi), O.A., 2010 y.t. (o‘g‘li), N.N., 2018 y.t. (nabirasi).

Voqea joyiga FVV rahbariyati, viloyat FVB, IIB, prokuratura, tuman FVB, SSB xodimlari, IIB tergov tezkor guruhi hamda tegishli xizmatlarning kuch va vositalari jalb etilgan. Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Sirdaryo, yong‘in




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi 01 мая, 09:11 9
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 101
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 146
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 127
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 44
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 229
  • So'nggi yangiliklar
  • Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi 01 мая, 09:13 22
  • Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi 01 мая, 09:11 9
  • YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi 01 мая, 09:03 19
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 84
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 462
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 101
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 158
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 134
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 225
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 85
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 518
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 146
  • Bo‘limlar