“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 18:35
ЎЗO‘Z

Bosh prokuratura Oltinsoydagi janjal bo‘yicha bayonot berdi

16 fev, 15:13 4 511 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bosh prokuratura Oltinsoydagi janjal bo‘yicha bayonot berdi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Surxondaryoning Oltinsoy tumanida fuqarolar va ichki ishlar xodimlari o‘rtasida 14 fevral kuni kelib chiqqan janjal yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Unda aytilishicha, prokuratura organlari tomonidan yer maydonlaridan noqonuniy foydalanish va egallab olishning oldini olish bo‘yicha monitoring o‘tkazilmoqda.

Oltinsoyda o‘tkazilgan monitoring davomida «Oq-oltin manzarasi» fermer xo‘jaligiga qarashli paxta va g‘allaga mo‘ljallangan ekin yer maydonining jami 0,39 gektari 6 nafar fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda egallab olingani, 235.35 kv.m. maydonda esa yashash imkoniyati bo‘lmagan uy-joy binolari qurib olingani aniqlangan.

«Holat bo‘yicha 8 fevral kuni ishchi guruh a’zolari: tuman hokimi, prokurori, IIB boshlig‘i, yer resurslari va davlat kadastr bo‘limi boshlig‘i va boshqalar tomonidan noqonuniy qurilish qilgan fuqarolarga ushbu yer maydoni fermer xo‘jaligi tasarrufidaligi ma’lum qilinib, fuqarolarning o‘z hisoblaridan o‘zboshimchalik bilan qurilgan uylarini buzib olishlarini va ularga boshqa manzildan uy qurishlari uchun yer berilishi haqida tushuntirib o‘tilgan.

Noqonuniy ravishda qurilish qilib olgan fuqarolarning iltimosiga asosan, ularga o‘zlari hisobidan binolarni buzib olishlari uchun 2 kun muddat berilgan.
14 fevral kuni ishchi guruh a’zolari yuqorida ko‘rsatilgan manzilga borib ko‘rganida, 3 nafar fuqaro o‘zboshimchalik bilan qurilgan uyga yashash imkoniyati bo‘lmasa-da, ko‘chib kirib olgani aniqlangan.

Ishchi guruh tomonidan noqonuniy qurilgan uy-joylarni buzib olishlari tushuntirilganida, avvaldan to‘planib turgan fuqarolar hokimiyat vakili va IIB xodimlariga qarshilik ko‘rsatishgan.
Noqonuniy qurilgan uylarni buzishni imkoniyati bo‘lmagani sababli ishchi guruh a’zolari ortlariga qaytib ketishgan.

Shu kuni soat 15:00lar chamasida ishchi guruh tomonidan yuqoridagi manzilga borilganda yuqoridagi fuqarolar va ularning qarindoshlari qo‘llarida benzin, tayoq, belkurak, tosh va boshqa narsalar bilan qurollangan holda ishchi guruh oldiga chiqishgan. Ushbu holatda jamoat tinchligini saqlash va vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tartibsizliklarning oldini olish maqsadida tuman IIB xodimlari jalb qilingan.

Hokimiyat vakillari va tuman IIB xodimlarining tushuntirishiga qaramasdan, fuqarolar hokimiyat vakillari va IIB xodimlariga qo‘llaridagi narsalar bilan tashlanib ketishgan. Noqonuniy ravishda qurilgan uy-joylarning ishchi guruh tomonidan buzilishiga imkon bo‘lmagan.

Bu jarayonda 2 nafar tuman IIB xodimlari hamda 1 nafar fuqaro tan jarohati olishgan», – deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
Avvalroq Surxondaryo viloyat IIB bu janjalda jarohatlangan ikki xodimdan birining jarohati jiddiyligi, u kasalxonaga yotqizilganini ma’lum qilgan edi.

Bosh prokuratura bayonotida jarohatlangan fuqaroning holati haqida ma’lumot yo‘q. Voqea joyidan tarqalgan videolarda esa fuqaroning yuzi qonga bo‘yalganini ko‘rish mumkin.
Oltinsoy tumani prokuraturasi holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlarini olib bormoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 50
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 26
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 466
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 48
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 0
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 23
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 33
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 49
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 119
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 45
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 75
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 20
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 103
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 26
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 107
  • Bo‘limlar