“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 21:21
ЎЗO‘Z

Islom Karimovning amalga oshmagan rejalari

15 fev, 20:12 7 238 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Islom Karimovning amalga oshmagan rejalari Besh yil oldin BiBiSi va Amerika ovozi radiolaridagi suhbatlarda “O‘zbekistondagi siyosiy tizimning tabiati, Karimovdan keyin kim kelishiga va asosiysi, qanday kelishiga bog‘liq” degan edim.

Karimovning hokimiyat almashinuvi borasidagi rejalari, tabiiyki, mutlaq boshqacha edi. Agar u tirik bo‘lganida, navbatdagi Prezidentlik saylovlari shu yili, ya’ni, 2020 yilning mart oyida – kelasi oyda bo‘lishi kerak edi. Bu paytda, uning yoshi 82 da bo‘lardi. Agar u tirik bo‘lganida, shu paytgacha o‘zining o‘rindoshi borasida aniq rejalar qilgan bo‘lar edi. Lekin, Allohning irodasi – hammasi boshqacha bo‘ldi.

O‘ylaymanki, agar Karimov to‘satdan o‘lmaganida o‘zidan keyin shaxs emas, komanda qoldirar edi. Ya’ni, hech kimda Karimov belgilagan kursdan og‘ishuv imkoniyati bo‘lmas edi. 2020 yilga qadar u Gulnora Karimovani “jazolab, oqlab, reabilitatsiya qilishga” ulgurgan bo‘lar edi. O‘ziga kimni o‘rindosh sifatida tanlagan bo‘lmasin, o‘sha tanlangan shaxs atrofida ko‘pchilikdan iborat komandani har xil mansablarga tayinlab, yangi Prezidentni erkin harakatlanish va rejim tabiatini o‘zgartirish imkoniyatlarini mutlaq zaiflashtirib tashlagan bo‘lar edi.

Aytaylik, u o‘ziga o‘rindosh sifatida Mirziyoyevni tanladi yoki Azimovni. Lekin, Gulnora Karimovaga katta davlat lavozimi berar va uning qudratini alohida kuchaytirgan bo‘lardi. Karimov tirik bo‘lganida bugun Nazarboyev qilayotgan ishlarni ancha qo‘pol ko‘rinishda, qattiq ohanglarda qilish ehtimoli yuqori edi.

Yangi Prezidentni tiyib turish uchun kuch ishlatar tizimlarini oldingidan ko‘ra yanada kuchaytirgan bo‘lardi. Agar Karimov tirik bo‘lib, O‘zbekistonda hokimiyat almashinuvi uning nazoratida kechganida edi, bugungi qilingan ishlarni, asosiysi, e’lon qilingan islohotlar siyosatidan nom-nishon ham bo‘lmasdi. Karimovning to‘satdan olamdan o‘tishi – yangi hokimiyatga harakatlanish erkinligini berdi.

Lekin, shunday bo‘lsada, bugungi yangi hokimiyat ham katta bosim ostida. Chunki, yangi Prezident ham eski komandaning bosimini juda yaxshi his qilib turibdi. Umuman, yangi hokimiyat ichki siyosatda ikki tomonlama bosim ostida. Jamiyat islohotlarni jadallashtirishni, uni hech qanday shartlarsiz, tezlashtirishni, samarasini tezroq ko‘rishni istaydi.

Qudratli amaldorlar esa, eski konsensusni – kuch ishlatish, repressiyalar orqali vaziyatni nazorat qilishni yagona to‘g‘ri yo‘l deb hisoblaydi. Prezident esa, bir vaqtning o‘zida ikki tomon bilan ham murosa qilishga, o‘rtada muvozanat topishga, demakki, ikki tomonni ham qisman norozi qilishga majbur.

Eslatma: Muallif fikri tahririyat nuqtai nazarini ifodalamasligi mumkin.

Manba: Sof.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 1
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 8
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 5
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 86
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 143
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 57
  • So'nggi yangiliklar
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 0
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 0
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 7
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 12
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 5
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 105
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 86
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 184
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 143
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 57
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 80
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 56
  • Bo‘limlar