“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 01:34
ЎЗO‘Z

Oltinsoyda fuqarolar va ichki ishlar xodimlari o‘rtasida janjal kelib chiqdi (video)

15 fev, 15:02 5 634 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Oltinsoyda fuqarolar va ichki ishlar xodimlari o‘rtasida janjal kelib chiqdi (video) Aniqlanishicha, videoda aks etgan holat joriy yil 14 fevral kuni Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida yuz bergan.

Viloyat IIBdan olingan ma’lumotga ko‘ra, 2020 yil 14 fevral kuni soat 16:05larda O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Qishloq xo‘jaligi yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019 yil 17 iyundagi PF-5742-son farmoni hamda Bosh prokuraturaning 2019 yil 4 dekabr kunidagi 11/8-19-sonli topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Oltinsoy tumanining Halqabod mahallasida joylashgan fermer xo‘jaligiga tegishli yer maydoniga fuqarolar M.I., M.D., N.F., T.A., M.S. va S.A. noqonuniy ravishda qurgan uylarni buzish vaqtida aholi tomonidan hokimiyat va kadastr vakillariga faol qarshilik ko‘rsatilib, ularning qonuniy buyruq talablariga bo‘ysunmaslik holati yuz bergan.

Shundan so‘ng, vaziyatga ichki ishlar organlari xodimlari aralashib, holatni yumshatmoqchi bo‘lgan. Biroq, vaziyat taranglashib, IIB xodimlari va fuqarolar o‘rtasida urush-janjal kelib chiqqan.

Urush-janjal vaqtida fuqarolar tomonida tosh va tayoqlar bilan xodimlarga tan jarohatlari yetkazilgan. Natijada Oltinsoy tumani IIB JTSG Konvoy xizmati guruhi safdor-xodimi Sh.Mustafoqulov va bo‘lim HPB IIO tayanch punktlari profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchisi A.Jabborov turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Sh.Mustafoqulovning jarohati jiddiy ekanligi sabab u kasalxonaga yotqizilgan.

Aholi vakillari orasida tan jarohati olganlar haqida ma’lumotlar berilmagan.
Mazkur holat yuzasidan hozirda Oltinsoy tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 0
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 54
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 14
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 193
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 83
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 39
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 0
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 0
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 0
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 0
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 9
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 15
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 9
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 119
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 58
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 49
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 48
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 120
  • Bo‘limlar