“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 05:20
ЎЗO‘Z

Toshkent shahar IIBB tarmoqlarda o‘quvchi qizlar o‘rtasidagi janjal tasvirlangan videoga munosabat bildirdi

15 fev, 13:06 6 405 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent shahar IIBB tarmoqlarda o‘quvchi qizlar o‘rtasidagi janjal tasvirlangan videoga munosabat bildirdi Foto: Toshkent shahar IIBB
Toshkent shahar IIBB Facebook ijtimoiy tarmog‘ida tarqalgan poytaxtdagi maktablarning birida o‘quvchi qizlar o‘rtasidagi janjal tasvirlangan videoga munosabat bildirdi.

Ta’kidlanishicha, 22 nafar o‘quvchi o‘rtasidagi janjal 2019 yilning 25 aprelida Yashnobod tumanidagi 230-sonli umumta’lim maktabida sodir bo‘lgan. Voyaga yetmaganlar ishi bo‘yicha profilaktika inspektorlari o‘sha vaqtda mojaro ishtirokchilarining oilasi bilan aloqa o‘rnatgan, bunday holatlar takrorlanishining oldini olish uchun profilaktik suhbatlar o‘tkazgan. Mojaro fakti bo‘yicha tekshiruv tashkil etilgan.

2019 yilning 14 iyul kuni Yashnobod tuman hokimligida janjal ishtirokchilari bo‘lgan 14 yoshli M.A., Z.S. va M.I., 15 yoshli R.R., M.M., M.N., va M.I., 16 yoshli Z.S., N.A., M.A. va X.I. bilan yig‘ilish o‘tkazilgan.

Aniqlanishicha, qizlar o‘rtasidagi kelishmovchilik videoda tasvirlangan vaqtdan oldin ham sodir bo‘lib turgan va maktab rahbariyati bundan xabardor bo‘lgan. Biroq o‘quvchi qizlar o‘rtasidagi mojaroni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmagan va shu sababli videoda janjal kelib chiqqan. Mojaro oqibatida 9-«B» sinf o‘quvchisi D.A.ga tan jarohati yetkazilgan.

Yig‘ilish davomida ota-onalar va ularning farzandlari o‘rtasida ishonchli munosabatlarni o‘rnatish muhimligi masalasi ko‘tarilgan. Ota-onalar ham ushbu mojaroga javobgar bo‘lganligi sabab janjalning asosiy ishtirokchisi bo‘lgan 11 nafar qizning ota-onalarini «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi kodeksning 47-modda 1-qismiga (Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni vasiylik va homiylik organiga xabar qilmaslik) ko‘ra, jarimaga tortish belgilangan. O‘sha vaqtda jarima miqdori 608 197 so‘mni tashkil etgan.

Komissiyasi xulosasiga ko‘ra, maktab rahbariyatiga nisbatan ham tegishli chora ko‘rilgan — mojaro to‘g‘risida Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasiga xabar berilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 37
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 199
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 269
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 64
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 73
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 35
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 56
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 36
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Bo‘limlar