“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 23:28
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev: «20 ming gektar yer o‘zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlandi»

15 fev, 13:25 3 752 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev: «20 ming gektar yer o‘zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlandi» Prezident Sh.Mirziyoyev raisligida 14 fevral kuni meva-sabzavotchilik klasterlarini samarali tashkil qilish, paxtachilik klasterlari faoliyatini takomillashtirish hamda davlat ehtiyojlari uchun paxta va g‘alla yetishtirish tizimidan bosqichma-bosqich voz kechish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

«Meni yana bir masala juda qiynaydi. Hududlarda sug‘oriladigan yerlarni talon-taroj qilish holati. Bunday vaziyat deyarli barcha viloyatlarimizda kuzatildi», — degan Prezident yig‘ilish davomida.

Prezident yerni ochiqchasi sotgan, qalbaki hujjatlar tayyorlagan va bu holatga yo‘l qo‘ygan u hokim va prokurorlarni davlatga xiyonat qilgan, deb hisoblashini aytib o‘tgan.

«Yerning mas’uliyati va javobgarligini umuman his etmayotganlar uchun yer bilan bog‘liq qonunbuzilish holatlari odat tusiga aylanib qolmoqda. Bir yarim oy davomida o‘tkazilgan xatlov natijasida respublika bo‘yicha 20 ming gektarga yaqin maydon noqonuniy egallab olingani aniqlandi. Aslida bundan ancha ko‘p yer o‘zlashtirib olinganiga ham aminman. Yer ochiqchasiga sotilgan, qalbaki hujjatlar tayyorlangan. Bu holatga yo‘l qo‘ygan u hokimmi, prokurormi, davlatga xiyonat qilgan deb, hisoblayman», — degan u.

Prezident shu haqda gapirar ekan, mana shunday egasizlikka yo‘l qo‘ygan hudud prokurorlariga ham tegishli tartibda chora ko‘rishni Bosh prokuraturadan so‘ragan.

«Qizig‘i, o‘sha hudud prokurori televizorga chiqib, tergov qilgani haqida mag‘rurlanib gapiryapti. Masalan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Toshkent viloyatidagi ayrim tuman prokurorlari chiqib shu haqda gapirdi. Nima, u shu paytgacha qayerga qaragan? Yer talon-taroj bo‘lguncha nega jim turgan? Bir kunda sotilmagan-ku shu yer?», — degan Shavkat Mirziyoyev meva-sabzavotchilik klasterlarini samarali tashkil qilish, paxtachilik klasterlari faoliyatini takomillashtirish hamda davlat ehtiyojlari uchun paxta va g‘alla yetishtirish tizimidan bosqichma-bosqich voz kechish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 8
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 14
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 15
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 65
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 119
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 88
  • So'nggi yangiliklar
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 0
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 0
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 4
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 11
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 36
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 21
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 8
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 31
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 14
  • Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi 07 мая, 20:02 60
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 15
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 65
  • Bo‘limlar