“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 01:37
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda 5 ta yangi aviakompaniya qanday tashkil etilishi ma’lum qilindi

13 fev, 22:02 2 927 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda 5 ta yangi aviakompaniya qanday tashkil etilishi ma’lum qilindi O‘zbekistonda 5 ta yangi aviakompaniya tashkil etiladi. Bu haqda 2020 yil Davlat dasturi loyihasida qayd etilgan.
Spot’ning yozishicha, 12 fevral kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov ushbu aviakompaniyalarga jumladan, yangi tashkil etiladigan Humo Air, «O‘zbekiston havo yo‘llari» bo‘linishidan yuzaga kelgan Uzbekistan Helicopters ham kirishini ma’lum qilgan.

Aziz Abduhakimov, shuningdek, Luksemburgning Luxaviation kompaniyasi O‘zbekistonda vertolyot aviakompaniyasini ochishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan.

«Biz xorijiy aviatashuvchilarni ular O‘zbekiston rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tish sharti bilan jalb etishni rejalashtirmoqdamiz. Hozirda to‘rtta kompaniya bilan muzokara olib bormoqdamiz», — deydi O‘zbekiston transport vaziri Elyor G‘aniyev.

Xorijiy aviakompaniyalar bilan muzokaralar joriy yilning 19—20 fevral kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan «O‘zekspomarkaz» ko‘rgazmalar maydonida «Uzbekistan Airports, Aviation&Logistic Forum» (UAALF-2020) xalqaro aviatsiya forumi doirasida olib boriladi.

Vazirning qayd etishicha, forumdan ko‘zlangan maqsadlardan biri qudratli aviatashuvchilar bilan ularni O‘zbekiston bozoriga jalb qilish maqsadida muzokaralar olib borish.

«Forum doirasida yuqori darajadagi uchrashuv, taqdimot, seminar va ko‘rgazmalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Aeroportlar, aviatsiya va logistika vakillari o‘z mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etadi. Forum nufuzli tashkilotlarning qaror qabul qiluvchi rasmiy vakillari bilan o‘zaro aloqalarni rivojlantirish uchun yaxshi platforma bo‘lib xizmat qiladi», − deydi Aziz Abduhakimov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 0
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 43
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 250
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 87
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 95
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 80
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 0
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 0
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 0
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 0
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 59
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 32
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 21
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 83
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 107
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 36
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 70
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 68
  • Bo‘limlar