“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 14:26
ЎЗO‘Z

Prezident Xavfsizlik kengashi apparati va DXX rahbarlari bilan yig‘ilish​​ o‘tkazdi

13 fev, 18:38 4 248 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident Xavfsizlik kengashi apparati va DXX rahbarlari bilan yig‘ilish​​ o‘tkazdi Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 13 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini qo‘riqlash va muhofaza qilish tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati hamda Davlat xavfsizlik xizmati rahbarlari ishtirok etdi.

Chegara qo‘shinlari faoliyatining amaliy natijalari hamda mamlakatimiz Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo‘mondoni tomonidan o‘tgan yil 27 avgust kungi yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosining borishi ko‘rib chiqildi.

Markaziy Osiyo davlatlarining chegara idoralari bilan aloqalarni izchil rivojlantirib borish, turli xalqaro tashkilotlar bilan qo‘shma tadbirlarni ko‘paytirish hamda xorijiy sheriklar bilan chegaraoldi hamkorlikni faollashtirish yuzasidan erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev mintaqada savdo, turizm aloqalari va madaniy almashinuvlarni mustahkamlash, odamlarning bordi-keldisini ko‘paytirish maqsadida fuqarolar va xorijlik mehmonlar uchun Davlat chegarasini kesib o‘tishda qulay sharoitlar yaratish muhimligiga e’tibor qaratdi.

Amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilinib, mutasaddi tuzilmalar rahbarlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.​




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 18
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 10
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 54
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 34
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 73
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 76
  • So'nggi yangiliklar
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 2
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 17
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 10
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 39
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 44
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 38
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 54
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 55
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 34
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 260
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 73
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 274
  • Bo‘limlar