“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 03:03
ЎЗO‘Z

Mehnat migrantlariga ko‘p kvartirali uylardan xonadonlar ajratish tartibi belgilandi

13 fev, 16:07 2 879 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mehnat migrantlariga ko‘p kvartirali uylardan xonadonlar ajratish tartibi belgilandi Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga ko‘p kvartirali uylardan xonadonlar ajratish tartibi belgilandi.
Tartibga muvofiq, uy-joylar imtiyozli ipoteka krediti asosida har yili tuman (shahar)lardan belgilangan tartibda ajratiladi.

Uy-joy ajratish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1. Ariza beruvchi talabgor sifatida “labor_migration” dasturiy majmuasidan ro‘yxatdan o‘tishi kerak.
Ushbu dasturdan ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza beruvchi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi yoki uning hududiy filiallariga murojaat qilishlari lozim bo‘ladi.

Ariza beruvchi kim?
- bu, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migranti yoki uning nomidan oila a’zosi (otasi, onasi, farzandi, aka-ukasi, opa-singlisi) xisoblanadi.
Shaffoflikni ta’minlash maqsadida dasturdan ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar www.labormigration.uz rasmiy veb-saytda doimiy e’lon qilib boriladi.

2. Ariza beruvchi yozma tavsiyani olish uchun talabgorlarni tanlash bo‘yicha komissiya raisiga doimiy yashash joyi bo‘yicha hujjatlarni va so‘rovnoma-arizani taqdim etadi;
Komissiya hujjatlarni 15 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi.

Komissiya arizani ko‘rib chiqishda uy-joy sharoitini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlarini qator ijtimoiy mezonlar asosida (talabgor nomida uy-joy yo‘qligi, ijarada turishi, boshqa oila bilan bir uyda yashashi, ko‘p bolalilik va b.) aniqlaydi.
Arizani ko‘rib chiqish va uy-joy sharoitini o‘rganish natijasida komissiya yozma tavsiya berish yoki yozma tavsiya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

3. Yozma tavsiya berilgan talabgorlar dastlabki shartnomalarni tuzish uchun injiniring kompaniyasi filialiga murojaat qiladi.
2020 yil dasturlari doirasida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlari uchun ipoteka kreditlarini ajratish bo‘yicha:
- imtiyozli davr – 1 yil;
- kreditdan foydalanishning birinchi 5 yili davomida har yili foiz stavkasini qat’iy belgilangan 7 foizdan qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir me’yorda oshib boradigan stavkada va keyingi davrda qayta moliyalashtirish stavkasida belgilanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 avgustdagi PF-5785-son Farmonida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga 2020 yilda uy-joylar qurilishi bo‘yicha davlat dasturlarining ijrosi doirasida ko‘p kvartirali uylardan 3 462 ta xonadon ajratilishi belgilangan.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi
Samarqand viloyati filiali direktori
Xafizov Abduaziz Dilshodovich




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 24
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 209
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 67
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 105
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 147
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 46
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 24
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 66
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 23
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 28
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 42
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 59
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 64
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 110
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 104
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 114
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 397
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 137
  • Bo‘limlar