“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 08:16
ЎЗO‘Z

Ukasiga noqonuniy “Nikoh” o‘kigan shaxs ma’muriy qamoqqa olindi

13 fev, 15:09 3 807 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ukasiga noqonuniy “Nikoh” o‘kigan shaxs ma’muriy qamoqqa olindi Oila, oilaviy munosabatlarni asrash xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri hisoblanadi. Jamiyatning muhim bo‘g‘ini, kuchli va barqaror davlat negizi–oila institutini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash mamlakatimizning ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan siyosatida ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanligi bejiz emas.

Ma’lumki, mamlakat hayotida yuz beradigan har qanday o‘zgarishlar, islohotlarning amaliy ta’siri va ifodasi oilada yaqqol namoyon bo‘ladi. Oilalardagi totuvlik, farovonlik, tinchlik, xotirjamlik mahalla, mamlakat osoyishtaligi, hamjihatlikni ta’minlaydi. O‘z ertasi, taqdiri haqida qayg‘uradigan davlat va jamiyat borki, oilalarni muhofaza qilishga, tashkiliy-huquqiy, institutsional asoslarni takomillashtirishga alohida e’tibor qaratadi.

Oilaning mustahkam bo‘lishi nafaqat er-xotinga, balqi oiladagi har bir shaxsga bog‘liq. Jamiyat taraqqiyotida dinning o‘rni muhimdir. Lekin shunday insonlar borki, diniy bilimlarni yaxshi bilishlik bilan oila muqaddasligini esdan chiqarib ham qo‘yishadi. Yunusov Murodiljon ham mana shundaylardan biri.

Ukasi X.Yusupov bilan kelini G.Yusupovalar qonuniy nikohdan o‘tishgan, turmushlari davomida 1 nafar farzandli bo‘lishgan, lekin oilaviy kelishmovchiliklar sabab, bir necha yildan buyon er-xotin birga yashamayotgan edi. Akasi M.Yusupov diniy bilimlardan yaxshi xabardorligi sababli, o‘z ukasini boshqa bir ayolga hech qanday ruxsatnomasiz shar’iy nikohlab huquqbuzarlik sodir etgan.

Fuqaro G.Yusupova bundan xabar topib, tuman IIB bo‘limiga ariza bilan murojaat qilgan. Uning arizasi tegishli tartibda o‘rganilib, ma’muriy material ma’muriy sudga yuborilgan, sudda huquqbuzar M.Yusupov O‘zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalari bilan aybdor deb topilib, 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Farg‘ona viloyat ma’muriy sudining sudyasi: O‘.Po‘latov

Quva tuman ma’muriy sudining raisi: A.Jumayev




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 194
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 53
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 67
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 63
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 1
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 47
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 30
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 23
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 52
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 41
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 25
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 304
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 81
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 152
  • Bo‘limlar