“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 20:55
ЎЗO‘Z

Davlat organlarida bevosita rahbarga bo‘ysunuvchi murojaatlar bilan ishlovchi alohida bo‘linmalar tashkil etiladi

12 fev, 14:17 3 346 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Davlat organlarida bevosita rahbarga bo‘ysunuvchi murojaatlar bilan ishlovchi alohida bo‘linmalar tashkil etiladi O‘zbekistonda barcha davlat organlarida bevosita rahbarga bo‘ysunuvchi murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha alohida bo‘linmalar tashkil etiladi. Bu haqda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida aytilgan.

2020 yil 1 avgustga qadar normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:
- davlat organlarida xalq bilan muloqot va murojaatlar bilan ishlash tizimi samaradorligini baholash mexanizmini ishlab chiqish;
- davlat idoralari rahbarlari va hokimlarning murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha hisobotini parlament va xalq deputatlari kengashlarida muntazam eshitish tizimi yo‘lga qo‘yish;
- mavjud shtat birliklari doirasida barcha davlat organlarida bevosita rahbarga bo‘ysunuvchi murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha alohida bo‘linmalar tashkil etish;
- murojaatlar bilan ishlash bo‘linmalari xodimlarini har uch yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkazish va malakasini oshirish;
- davlat organlarining murojaatlar bilan ishlash bo‘linmasi xodimlarini lavozimga tayinlash va ozod etish masalalarini tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Xalq qabulxonalari bilan majburiy tartibda kelishish;
- vazirlik, idora va hokimliklar tomonidan har chorak yakuni bo‘yicha murojaatlar bilan ishlash natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z rasmiy veb-saytlariga joylashtirish nazarda tutiladi.

Ijro uchun mas’ullar - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 57
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 29
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 72
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 104
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 33
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 108
  • So'nggi yangiliklar
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 0
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 9
  • Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 27 apr, 18:37 97
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 57
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 101
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 55
  • Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman" 27 apr, 17:22 43
  • Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi" 27 apr, 17:19 137
  • Vohid Shamsai: "O‘zbekiston Osiyoda bizga eng yaqin va eng qiyin raqiblardan biri ekanligini amalda ko‘rsatdi" 27 apr, 17:11 70
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 22
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 72
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 28
  • Bo‘limlar