“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 13:22
ЎЗO‘Z

Yo‘lning o‘rtasida raqsga tushgan yigit: "Maqsad odamlarning kayfiyatini ko‘tarish edi" (video)

11 fev, 23:07 6 009 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yo‘lning o‘rtasida raqsga tushgan yigit: "Maqsad odamlarning kayfiyatini ko‘tarish edi" (video) O‘tgan haftada sodir bo‘lgan voqea butun jamoatchilik e’tiborini o‘ziga tortgan edi. Ya’ni poytaxtimizning Chilonzor metrosi yaqinidagi chorrahada bir yigit yo‘lning o‘rtasiga chiqib olib raqsga tushgan edi. Bu haqda "Zamon" informatsion dasturida so‘z yuritildi.

Ushbu raqs bir qarashda mashhur aktyor Jan-Klod Van Damm suratga tushgan filmni yodga solib yuboradi. Raqs tushgan yigit Van Dammga taqlid qilgan ko‘rinadi. Aktyorga muxlislik qilish yaxshi, ammo filmdagi xatti-harakatlarni serqatnov yo‘lda, avtomashinalarga xalal bergan holda amalga oshirishi to‘g‘rimikan?

Shuningdek, ushbu yigit o‘zining hayotini ham xavf-xatarga qo‘ygan. Mazkur holat Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘rganildi va qoidabuzar yigit va uning o‘rtoqlari ushlanib, ularning shaxsiga aniqlik kiritildi. Ular to‘rt kishi bo‘lgan. Xo‘sh, yigitlar bu tomoshani nima maqsadda tashkil etishgan edi?

Farhod Mannonov bu haqda shunday deydi: - Men o‘rtoqlarim bilan bo‘sh vaqtimizdan unumli foydalanish uchun ushbu videoni suratga olgan edik. Maqsad ichib-chekish yoki boshqa narsa emas, balki odamlarning kayfiyatini ko‘tarish edi. Rossiyadagi o‘rtoqlarim bilan birgalikda chellenj-battl ketayotgani uchun shu videoni suratga olgandik. Bizning bu xatti-harakatimizni yosh bolalar takrorlamasligini tavsiya qilgan bo‘lardik.

Instagram tarmog‘ida ko‘plab obunachilarga ega bo‘lgan ushbu bloger yigit mazkur videoning bunchalik muhokamalarga sabab bo‘lishini o‘ylaganmikan? 23 yoshli Farhod Mannonovga nisbatan bu qilmishi uchun O‘z.R. MjTKning 183-moddasi, ya’ni mayda bezorilik, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik bo‘yicha Ma’muriy ishlar bo‘yicha Chilonzor tuman sudining qaroriga ko‘ra, jarima jazosi tayinlandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 0
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 39
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 13
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 17
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 138
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 74
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 62
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar