“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 23:27
ЎЗO‘Z

Chilonzorda kanaldan topilgan chaqaloqning o‘limi sababi aniqlandi

11 fev, 14:00 7 531 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Chilonzorda kanaldan topilgan chaqaloqning o‘limi sababi aniqlandi Foto: ijtimoiy tarmoqlar
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Olmazor tumanida oqib o‘tuvchi suvga chaqaloqning beliga tosh bog‘lab tashlab ketilgani haqida xabarlar tarqatildi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi mazkur xabarlarga aniqlik kiritdi.

Qayd etilishicha, haqiqatan ham, xuddi shunday holat aniqlangan, ammo voqea ijtimoiy tarmoqlarda aytilganidek, Olmazor tumanida emas, balki Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan.
Shundan so‘ng mazkur voqea bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, bugun, 10 fevral kuni Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor shox ko‘chasi yoqasi bo‘ylab oqib o‘tuvchi Anhor kanalidan oqayotgan suvdan yangi tug‘ilgan, o‘g‘il bola jinsiga mansub chaqaloq murdasi topilgan.

Hodisa joyiga Toshkent shahar prokuraturasi maxsus tezkor-tergov guruhi, Chilonzor tumani prokuraturasi va tuman IIO FMB rahbarlari hamda xodimlari chiqishdi. Maxsus tezkor-tergov guruhi tomonidan hodisa joyi va murda ko‘zdan kechirilishi davomida, tashqi ko‘rikda chaqaloq murdasida jarohatlar aniqlanmagan.

Respublika Sud tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazi Toshkent shahar filialining 10.02.2020 yilgi 179-sonli dastlabki xulosasiga ko‘ra, chaqaloqning o‘limi “Bosh yumshoq to‘qimalari ostiga qon quyilishi. Kefologematoma. Tug‘ruq travmasi”dan kelib chiqqanligi ko‘rsatilgan.

Shuningdek, ekspertiza tekshiruvi davomida chaqaloq 38-40 haftalik bo‘lgani va chaqaloqning antropometrik belgilari bo‘yicha yetuk tug‘ilganligi aniqlandi. Murda boshlang‘ich chirish davrida ekani, tanasida tug‘ma nuqson va boshqa xususiyatga ega bo‘lgan belgilar aniqlanmadi.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 99-moddasi (Onaning o‘z chaqalog‘ini qasddan o‘ldirishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 0
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 20
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 33
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 57
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 54
  • So'nggi yangiliklar
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 0
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 0
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 1
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 10
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 8
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 54
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 13
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 91
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 75
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 125
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 43
  • Bo‘limlar