“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 11:24
ЎЗO‘Z

Bosh prokuratura: Hokimning matbuot kotibi «noma»lari o‘rganilmoqda

10 fev, 19:05 3 134 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bosh prokuratura: Hokimning matbuot kotibi «noma»lari o‘rganilmoqda Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati hokimi matbuot kotibi Mirzohid Botirovga tegishli ekani aytilayotgan yozishmalarning nusxasi (skrinshot) tarqalganidan xabaringiz bor. Ularda ayniqsa bloger Otabek Nuritdinovning 15 sutkaga «kesilishi»ga oid shubhalarga asos bo‘luvchi gaplar borligi jamoatchilikning qiziqishini chandon orttirayotgani ham rost.

Holat nozik va jiddiyligi e’tiboridan prokuratura darhol holatni o‘rganishga tushdi. Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, hokimning matbuot kotibiga tegishli ekani aytilayotgan «noma»lar Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda. Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Bu orada Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati ham holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Unga ko‘ra:«Feysbuk» ijtimoiy tarmog‘ida «Yoshlar olami» akkaunti bilan foydalanuvchi Mirzohid Botirovning ushbu akkaunti xakerlik hujumiga uchragan bo‘lib, M.Botirov 2020 yilning 8 fevral kuni ushbu holatlardan xabar topgan va shu kunning o‘zidayoq viloyat prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilgan. Hozirda huquq-tartibot organlari tomonidan skrinshotdagi yozishmalar kim tomonidan olib borilganligiga aniqlik kiritilmoqda.

Ushbu xabarlar tafsiloti bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi».

Albatta, vaziyatga jiddiy o‘rganish orqaligina oydinlik kiritilishi mumkin. Biroq hozirdanoq katta-katta moliya muassalari yoki mashhurdan mashhur insonlarning tarmoqdagi akkauntini «nishonga oladigan» xakerlar bir viloyatning sirligina matbuot kotibiga hujum qilgani hozirdanoq shubha uyg‘otayotir.

Xo‘p, o‘rganish natijalarini kutamiz.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 1
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 201
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 165
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 218
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 51
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 237
  • So'nggi yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 0
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 0
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 15
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 45
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 57
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 14
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 243
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 219
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 334
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 105
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 126
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 209
  • Bo‘limlar