“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 06:09
ЎЗO‘Z

Bosh prokuror: Tizimda 180 nafarga yaqin rahbar va xodimlar ishdan olingan yoki intizomiy jazoga tortilgan

08 fev, 19:15 2 773 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bosh prokuror: Tizimda 180 nafarga yaqin rahbar va xodimlar ishdan olingan yoki intizomiy jazoga tortilgan Foto: Bosh prokuratura
Bosh prokuraturada prokuratura, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Majburiy ijro byurosi xodimlari ishtirokida kengaytirilgan hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi.

Hay’at majlisida O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev ma’ruza qildi.

Ma’ruzada asosiy e’tibor prokuratura organlarining 2019 yildagi faoliyatida qo‘yilgan kamchiliklar, xato va nuqsonlar hamda ularni tezkor ravishda bartaraf etish choralariga qaratildi.

Tizimdagi aksariyat rahbarlar ishni rejalashtirishni bilmasligi oqibatida yillar davomida professional faoliyat qolib ketib, vaqti va kuchini behuda sarflashga odatlanib qolgani ta’kidlandi. Ana shunday kayfiyatda yurgan 180 nafarga yaqin rahbar va xodimlar lavozimidan ozod etilgan yoki boshqa intizomiy javobgarlikka tortilgan.

Prokurorlar aholining ijtimoiy himoyasidagi mavjud muammolarni amalda bartaraf etish, ayniqsa, budjet mablag‘lari talon-toroj qilinishining oldini olish bo‘yicha nazorat tadbirlarini kuchaytirishlari talab etildi.

Sog‘liqni saqlash sohasidagi dolzarb muammolar, xususan onalar va bolalar o‘limi, yuqumli kasalliklar tarqalishi masalalari doimiy e’tibor markazida bo‘lishi shartligi uqtirildi.

«Dori vositalari harakatini nazorat qilish, kontrafakt mahsulotlar aylanishiga chek qo‘yish borasida ham Bosh prokuratura huzuridagi Departamentdan alohida tashabbuskorlik va qat’iyat talab etiladi.

O‘z navbatida, shifokorlarning jamiyatdagi o‘rni va maqomini mustahkamlash, xalqimiz o‘rtasida ularga nisbatan hurmatni oshirish ishlariga prokuratura organlari ham munosib hissa qo‘shishlari zarur.

Tibbiyot xodimlarini haqoratlash, ularga tan jarohati yetkazish kabi holatlarga nisbatan tezkorlik bilan qat’iy munosabat bildirib, ularning oldini olish choralarini ko‘rish ustuvor vazifalardandir», - deyiladi mahkama ma’lumotida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 35
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 46
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 43
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 126
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 158
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 96
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 75
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 157
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 28
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 58
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 108
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 112
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 142
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 61
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 102
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 86
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 35
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 67
  • Bo‘limlar