“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 16:35
ЎЗO‘Z

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita «Safar Kattaboyev masalasi»ga munosabat bildirdi

07 fev, 10:10 6 495 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita «Safar Kattaboyev masalasi»ga munosabat bildirdi So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoq sahifalarida dinga oid mavzularda turli chiqishlar ko‘payib bormoqda.

Avvalo diniy ta’limot o‘ta nozik va hassos bo‘lgani tufayli muayyan din nomidan va uning mohiyati haqida faqatgina mutaxassislar munosabat bildirishlari maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.

Shuni qayd etish lozimki, O‘zbekiston fuqarosi (u kim bo‘lishidan qat’iy nazar) Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishi, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdir.

Yurtimiz hududida diniy manbalar, qadriyatlar, muqaddas tuyg‘ular hurmat qilinishi shart. Ularga nisbatan haqoratli so‘z ishlatish, yomon munosabatda bo‘lishga hech kimning haqqi yo‘q.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston aholisining 90 foizidan ortig‘i Islom diniga e’tiqod qiladi. Yurtimizda mo‘min-musulmonlar uchun diniy ahkomlarni ado etish uchun keng imkoniyat yaratilgan. So‘ngi yillarda ushbu sohada amalga oshirilayotgan ishlar nafaqat yurtimiz aholisi, balki butun musulmon dunyosi tomonidan e’tirof etilmoqda.

Taassufki, mo‘min-musulmonlarning haq-huquqlariga katta e’tibor berilayotgan bir davrda ularning e’tiqodlariga taalluqli masalalarda keng jamoatchilik orasida salbiy ruhdagi, keskin bahs va munozaralarga sabab bo‘ladigan fikr-mulohazalarning ifoda etilishi tashvishlanarli hol.

“Feysbuk” ijtimoiy tarmog‘idagi “Safar Kattaboyev” nomli profil egasi tomonidan O‘zbekistonda Qur’oni karimning ayrim oyat va suralarni taqiqlash kerakligi yuzasidan bildirgan qarashlari ommaviy muhokamaga sabab bo‘lmoqda.

Qur’oni karim – Alloh taoloning muqaddas kitobi. Undagi sura va oyatlarni insonlar tomonidan taqiqlashga urinish, Qur’oni karimga nisbatan bunday fikr aytish mantiqsizlik. Jamiyat mavjud ustuvor g‘oyaga qarshi fikrlar tashlash oqibatida, noroziliklar kelib chiqishi, ixtiloflar yuzaga kelishi mumkinligi voqe’likda ma’lumdir. Tarixda esa shunday ishlar qanday ayanchli yakun topgani ko‘pchilikka ma’lum.

Bugungi O‘zbekiston butun dunyoga o‘zining haqli ravishda bebaho tarixi va madaniyatini taqdim etar ekan, albatta islom ta’limotiga o‘zining beqiyos hissasini qo‘shgan alloma ajdodlari va ularning asarlari bilan faxrlanadi. Dunyoni o‘ziga jalb etayotgan islom me’morchiligi va san’ati bilan ziyorat turizmini kuchaytirmoqda. So‘ngi yillarda aynan islom dini bilan bog‘liq bo‘lgan diniy-ma’rifiy muassasalar – Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Abul Mu’in Nasafiy ilmiy markazi, Xalqaro islom akademiyasi tashkil etilgani xalqimiz va xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilmoqda. Bularning barchasi xalqimiz tarixini to‘g‘ri anglatish va e’tiqodini to‘g‘ri shakllantirishga qaratilgan.

Yana bir muhim jihatni yodda saqlash zarur. Internet tarmoqlaridagi voqea-hodisalarga fikr-mulohaza bildirish asnosida ehtiroslarga berilmasdan, donishmandlarcha vazmin va og‘ir-bosiq bo‘lish lozim. Sof e’tiqodli, keng dunyoqarashli kishi bunday vaziyatda qalb va aql amri bilan ish tutadi. Hissiyot va fitnaga solmoqchi bo‘lganlarga imkon berish aqldan emas. Shu o‘rinda, muqaddas Qur’oni karimni o‘zgarishsiz saqlanishi haqidagi Hijr surasidagi: «Albatta, bu zikrni (ya’ni Qur’onni) Biz o‘zimiz nozil qildik va uni O‘zimiz saqlaguvchimiz» oyatini eslagan holda, hadisi sharifda aytilganidek “Mo‘min kishi oqil, farosatli, ziyrak va hushyor bo‘ladi”.

So‘zimiz yakunida “Safar Kattaboyev” nomli profil egasi va Internet foydalanuvchilarini Islom dinining mo‘’tabar manbalari va qadriyatlariga taalluqli mavzularda salbiy bahs-munozaralar keltirib chiqaradigan fikrlarni tarqatishdan saqlanishga qat’iy chaqiramiz.

Zero, O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunida fuqarolarning diniy e’tiqodi bilan bog‘liq his-tuyg‘ularini haqoratlash, diniy qadriyatlarni oyoq osti qilish, amaldagi qonun hujjatlarida millatlararo adovat uyg‘otish, axloqiy negizlarni va fuqaroviy totuvlikni buzishda, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalarni tarqatish ifodalangan xatti-harakatlarni sodir etganlik uchun ham javobgarlik belgilanganligini sira unutmaslik kerakligi to‘g‘risida ogohlantirib o‘tamiz.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
Matbuot xizmati




Mavzuga oid yangiliklar
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 40
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 233
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 190
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 252
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 57
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 48
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 40
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 62
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 40
  • Bo‘limlar