“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 08:51
ЎЗO‘Z

Maishiy korrupsiya haqida uzunroq post: "To‘rga asosan oddiy fuqaro tushiriladi"

07 fev, 00:16 4 577 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Maishiy korrupsiya haqida uzunroq post: "To‘rga asosan oddiy fuqaro tushiriladi" Bloger Otabek Bakirov o‘zining telegramdagi kanalida maishiy, mayda darajadagi korrupsiya unsurlariga qarshi, ayniqsa pora berayotganlarga nisbatan ko‘rgazmali kurash olib borilayotgani va bu harakatlar samarasiz ekani haqida post qoldirdi.
Bu borada qilinayotgan ishlar kampaniya darajasiga yetgani uchun «erishilayotgan natijalar» jadvallar va prezentatsiyalar tarzida tahlil ham qilinmoqda.

Fuqaroda savol tug‘iladi, nega maishiy korrupsiyaga qarshi bu qadar kurashib qolindi?
Avvalo bu xavfsiz ish, ya’ni maishiy korrupsiyaga qarshi ishlarda hatto o‘rta darajadagi chinovniklarning dumi bosib olinmaydi. To‘rga asosan oddiy fuqaro tushiriladi.

Ikkinchidan, maishiy korrupsiya doirasidagi ishlar piar va propaganda ishlarida qo‘l keladi juda, ish ketayotgani, ketayotgandayam kurash ayovsiz olib borilayotganini kerakli arboblarga namoyon etiladi.

Uchinchidan, maishiy korrupsiyaga qarshi kurashda kurashga ajratilgan mablag‘lar oson o‘zlashtiriladi. 100 dollarlik ishning olib borilishiga ham, 1 million dollarlik ishga ham deyarli bir xarajat ketadi (operativ ish, tergov, sud, qamoq vhk). 100 dollarlik ish uchun soliq to‘lovchilarning 10 ming dollarini sarflash samarasiz-ku deyishingiz mumkin. To‘g‘ri, lekin ishoning, korrupsiyaga qarshi o‘zbekcha kurashda samara va afzallik 84-darajali masala.

Endi aytishingiz mumkin, sizning-cha maishiy korrupsiyaga qarshi kurashmaslik kerakmi? Kerak. Lekin boshqa, arzon va samarali yo‘llar bilan. Axir 100 dollarlik korrupsion ishga qarshi kurash ma’murchiligi xarajati 10 ming dollarga yetadigan kurashdan ne naf?

Tasavvur qiling, davlat banki xodimi kredit ajratish uchun pora olayapti, qarzdor pora berayapti. Nima qilish kerak? Kimni qamash kerak? Bu yerda korrupsiyaga qarshi kurash poraxo‘r bankir yoki pora berayotganni ushlab qamashda emas, kreditning arzon, lekin defitsit bo‘lmay, bozor narxida, keng imkonli bo‘lishini ta’minlashga qaratilishi lozim. Uch yil avval bankdagi korrupsiya ishlarining 90%i valyuta konvertatsiyasi bilan bog‘liq edi. Hozir kimdir valyuta sotib olish uchun pora beradimi?

Yoki yana bir misol. Tadbirkor hokimga, kadastrga yer ajratish uchun pora berayapti. Kimni qamash kerak, ayting? Yer tovar, u ajratilmasligi, taqsimlanmasligi, sotilishi kerakligi muhitida birov pora berarmidi?

Haydovchi qoida buzdi, inspektorga pora taklif etdi. Nega? Chunki pora berish jarima to‘lashdan ko‘ra nisbiy afzallikka ega. Inspektor pravani oladi, prava propiska manziliga 1 oyda yetib boradi. Jarima oylik maoshicha. Nega aksi emas? Nega jarimani to‘lash pora berishdan afzalroq bo‘lishini ta’minlab bo‘lmaydi? Nega inspektor uchun ham, haydovchi uchun ham jarimani to‘lash afzalligini yaratish mumkin emas?

Pora olayotgan o‘qituvchi, bosh vrach, soliqchi va hokazo masalalaridayam shunday savollarni qo‘yish mumkin.
Qissadan hissa shuki, maishiy korrupsiyaga qarshi qamash, tutish, ko‘rgazmali va piar bilan kurashilmaydi. Qoidalar, tizim va jarayonlar o‘zgartirilishi kerak.

Darvoqe, ko‘p misol keltiradiganimiz Gruziya maishiy korrupsiyani eng avvalo qoidalar va tizimni butunlay yangilash orqali yenggan. Va albatta qoidalarning barcha uchun birligini ta’minlab, deb yozadi bloger.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 25
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 43
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 65
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 111
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 52
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 80
  • So'nggi yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 36
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 140
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 25
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 127
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 47
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 39
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 130
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 124
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 43
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 95
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 65
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 66
  • Bo‘limlar