“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 22:38
ЎЗO‘Z

Toshkentda qo‘lida pichoq bilan ayol kishini quvib borayotgan shaxs qo‘lga olindi

06 fev, 19:10 3 896 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda qo‘lida pichoq bilan ayol kishini quvib borayotgan shaxs qo‘lga olindi Toshkentning Yunusobod tumanida Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi noma’lum shaxs qo‘lida pichoq bilan ayol kishini quvib kelayotganini ko‘rgan va ko‘ngilsizlikni oldini olish uchun oshiqqan.
Noma’lum erkak ayolga yetganda Milliy gvardiya xizmatchisi jabrlanuvchini uni qo‘lidan ajratib olgan. Tartibbuzar shu zahoti qochib ketgan.

Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi A.X. shu hududdagi post-patrul ekipajiga holat yuzasidan xabar bergach, tartibbuzar ortidan ekipaj quvib to‘xtatilgan. Fuqarodan qo‘lidagi pichoqni tashlash talab qilinganida, u talabni bajarmasdan, haqorat qilib, ularni o‘ziga yaqinlashtirmaslik uchun tosh va boshqa qo‘liga ilingan narsalarni ota boshlagan. Fuqaro uni ushlash vaqtida ichki ishlar xodimining oyog‘iga pichoq sanchib olgach, Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Yo.F. rezina tayoqni ishlatishga majbur bo‘lgan. So‘ng tartibbuzarning qo‘lidagi pichoqni tortib olib, qo‘liga kishan solgan. Qo‘lga olingan shaxs Yunusobod tuman IIB bo‘limiga topshirilgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida fuqarolar Shayxontohur tumanida yashovchi er-xotin S.N. va S.A. ekanligi, eri mast holda o‘zaro janjallashib, shu holat yuzaga kelganligi ma’lum bo‘lgan. Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 0
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 4
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 147
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 74
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 36
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 658
  • So'nggi yangiliklar
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 0
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 0
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 3
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 4
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 21
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 91
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 142
  • Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi” 06 мая, 19:13 83
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 64
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 15
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 172
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 88
  • Bo‘limlar