“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 01:39
ЎЗO‘Z

Uxandan olib kelinadigan vatandoshlar uylariga jo‘natilmaydi

04 fev, 13:50 3 799 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Uxandan olib kelinadigan vatandoshlar uylariga jo‘natilmaydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 29 yanvardagi farmoyishiga asosan koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi tuzilgan edi.

Maxsus komissiyaning joriy yil 3 fevral kuni o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishida kelgusidagi dolzarb vazifalar atroflicha muhokama qilindi. Bu haqda "Yangi O‘zbekiston" gazetasi xabar berdi.

Qayd etilganidek, O‘zbekiston fuqarolarini Uxan shahri va Xitoyning boshqa hududlaridan olib kelish uchun charter reyslar tashkil etildi. Ushbu charter reyslarning dastlabkisi 4-5 fevral kunlari amalga oshiriladi.

Mazkur samolyotlarda O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi buyurtmasiga asosan mamlakatda qolib, faoliyatini davom ettirish istagini bildirgan hamyurtlarimizga zarur antiseptik va dezinfeksiya vositalari yetkaziladi hamda bepul beriladi.

Xitoydan vatandoshlarni olib kelish jarayonida barcha sanitariya-epidemiologiya talablariga qatiy rioya qilinadi, yo‘lovchilarning har biri shifokorlar nazorati ostida bo‘ladi.

Koronavirusning O‘zbekistonga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish, qulay sanitariya-epidemiologik holatni ta’minlash hamda aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida Xitoydan olib kelinadigan vatandoshlarimiz Toshkent shahri va Toshkent viloyatida tayyorlangan maxsus tibbiyot muassasasiga joylashtiriladi.

Mazkur muassasalar to‘liq karantin talablari asosida jihozlangan. Xususan, koronavirus diagnostikasi vositalarining zarur zaxiralari yaratilgan, kerakli dori hamda dezinfeksiya vositalari, uskunalar, sarflash materiallari, shuningdek, shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlangan. Sohaning yetuk mutaxassislari tomonidan Uxan shahri va Xitoyning boshqa hududlaridan olib kelingan fuqarolar alohida nazorat ostida bo‘lib, muntazam tibbiy tekshiruvlardan o‘tkaziladi.

Shuningdek, mazkur tibbiyot muassasalarida barcha kerakli maishiy vositalar va zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanadi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga asosan, koronavirus inkubatsiyasi davrini hisobga olgan holda, Uxan shahri va Xitoyning boshqa hududlaridan olib kelinadigan o‘zbekistonliklar ikki hafta davomida karantin ostida saqlanadi. Ushbu vaqt davomida ularning oila-a’zolari bilan uchrashishi ta’qiqlanadi. Yaqinlari bilan faqat maxsus telefon aloqasi orqali muloqot qilishi mumkin bo‘ladi.

Komissiya yig‘ilishida tegishli vazirlik va idoralarga ushbu vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan topshiriqlar berildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 0
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 49
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 58
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 22
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 142
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 49
  • So'nggi yangiliklar
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 0
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 0
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 8
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 18
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 24
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 16
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 200
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 49
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 47
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 58
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 87
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 22
  • Bo‘limlar