“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 14:58
ЎЗO‘Z

Propiska masalasi yaqin kelajakda uzil-kesil hal bo‘lishi kerak — Ruslanbek Davletov

04 fev, 09:43 2 904 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Propiska masalasi yaqin kelajakda uzil-kesil hal bo‘lishi kerak — Ruslanbek Davletov Ruslanbek Davletov prezident propiska masalasiga to‘xtalgani Adliya vazirligining yo‘lini ochayotgani, bu masala ijrosi bilan maxsus ishchi guruh shug‘ullanishini aytib o‘tdi.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov jurnalistlar va blogerlar bilan uchrashuv davomida O‘zbekistonda rasmiylar nega prezidentning o‘zi gapirmagunicha qonunlardagi kamchiliklarni tan olmasliklari haqidagi savolga javob qaytardi.

«Bu haqda kim nima degan bo‘lsa, o‘zi javob beradi. Lekin biz – Adliya vazirligi buni gapirib kelganmiz. Biz kerak bo‘lsa, [propiska tartibini yengillashtirish bo‘yicha] qonun loyihalarini ko‘tarib kelganmiz.

Bitta narsani aytay, masalan, yangi qurilgan ko‘p qavatli uylardan kvartira sotib olganlarga propiska berilishi qaysidir ma’noda yengillik bo‘lgan-ku! Adliya vazirligi bunga juda katta muhokamalarda ishtirok etib erishgan.

Keyin buni yangi uylarni qurib sotayotganlarning lobbisi deb chiqishdi. Bu yangilik joriy etilayotgan vaqtda hech kimning xayolida bu narsa bo‘lmagan.

Ya’ni propiska muammosini bosqichma-bosqich ozginadan bo‘lsa ham yengillashtiraylik deb amalga oshirilgan bu ish. Davlat xizmatlari agentligi tizimida eksterritorial tamoyil bo‘yicha xizmat ko‘rsatilayotgani, qonunchilikka so‘nggi yillar davomida propiska tartibini yumshatish maqsadida kiritilgan o‘zgartirish va ko‘shimchalardan ko‘zlangan maqsad ham shu aslida
», deydi Ruslanbek Davletov.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, propiska tartibini yengillashtirish faqatgina Adliya vazirligiga bog‘liq bo‘lmagan. Buning uchun o‘ziga xos qonunchilik bosqichlaridan o‘tilishi, vazirliklar bilan kelishish talab etilgani uchun jarayon cho‘zilgan.

«Davlatimiz rahbarining bu masalaga to‘xtalgani yo‘limizni ochyapti. Bizga xalqaro tajribani o‘rganib, shuning asosida kiritinglar degan topshiriq berildi. Bu bo‘yicha ham ishchi guruh tuzilib, mazkur vazifaning ijrosi bilan shug‘ullanadi. Shuning uchun, propiska masalasi yaqin kelajakda uzil-kesil hal bo‘lishi kerak. Biz ham shuning tarafdorimiz», deydi Ruslan Davletov.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatida propiska masalasi 30 yil fuqarolarning oyog‘iga kishan qilingani aytgan, parlament va hukumatga 2020 yil 1 aprelga qadar propiska tizimini isloh qilish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq bergandi.

Prezident ta’kididan keyin, hukumat va parlament a’zolari propiska rejimini ochiq tanqid qilishga o‘tishdi. Jumladan, Xalqaro press-klubning 25 yanvardagi sessiyasida Bosh vazir o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov propiska dunyoning boshqa hech bir yerida yo‘q ekani, u bekor qilinishi kerakligi, iqtisodiy nuqtayi nazardan, odamlarning mobilligi muhim omillardan biri hisoblanishini aytgan bo‘lsa, Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori Akmal Saidov propiska inson huquqlarining kamsitilishi ekanini eslab qoldi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 2
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 5
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 221
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 41
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 72
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 94
  • So'nggi yangiliklar
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 0
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 2
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 5
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 42
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 58
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 41
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 221
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 124
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 62
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 84
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 92
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 60
  • Bo‘limlar