“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 00:00
ЎЗO‘Z

Mahallalarda «tomorqa xizmatlari» tashkil qilinadi

03 fev, 11:30 4 253 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mahallalarda «tomorqa xizmatlari» tashkil qilinadi Foto: yandex.com
“Dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalari yer uchastkalaridan yanada samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, tashqi bozor talablari asosida mahallalar eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtiriladi.

“Tomorqa xizmati” MChJlar mahallalarga biriktirilgan holda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga shartnoma asosida urug‘lar, ko‘chatlar va boshqa zarur moddiy resurslar yetkazib beriladi.

Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari “Tomorqa xizmati” MChJlar tomonidan belgilangan tartibda sotib olinadi, ularning eksport qilinishi tashkil etiladi.

Shuningdek, ushbu mahsulotlarning realizatsiya va eksport qilinishida Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi va viloyatlar hokimliklari tomonidan amaliy yordam ko‘rsatiladi.

Qaror bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2020 yilda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalarida bahorgi (ertaki) qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.

Shuningdek, ushbu ekinlarni ekish, moddiy-texnik resurslarini yetkazib berish va yetishtirilgan mahsulotlarni sotib olishni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, imkoniyati cheklangan va kam ta’minlangan tomorqa yer egalari, shuningdek ish bilan band bo‘lmagan aholining ro‘yxati shakllantiriladi, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha manzilli choralar belgilanadi.

Tomorqadan samarasiz foydalangan tomorqa yer egalariga ko‘maklashuvchi tashabbuskor fermer xo‘jaliklari biriktiriladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 18
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 21
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 19
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 92
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 140
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 91
  • So'nggi yangiliklar
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 4
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 6
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 28
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 56
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 48
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 72
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 34
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 75
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 52
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 18
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 47
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 21
  • Bo‘limlar