“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 13:50
ЎЗO‘Z

Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ulug‘bek Qosimxo‘jayev lavozimidan ozod qilindi

31 yanv, 14:38 2 687 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ulug‘bek Qosimxo‘jayev lavozimidan ozod qilindi Foto: Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlab kelayotgan Ulug‘bek Qosimxo‘jayev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan vazifasidan ozod qilindi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 yanvar kuni tegishli qarorni imzoladi, deya xabar berdi «Gazeta.uz».

Ulug‘bek Qosimxo‘jayev (1978 yilda tug‘ilgan) 1997−2000 yillarda «Umid» Prezident jamg‘armasi yo‘nalishi bo‘yicha Peys universitetida (AQSH) Biznesni boshqarish mutaxassisligi bo‘yicha bakalavr tahsilini olgan.

O‘zbekistonga qaytgach, 2000−2002 yillarda Andijon viloyati hokimligida axborot-tahlil guruhi yetakchi mutaxassisi, so‘ngra 2002−2005 yillarda mutaxassis, keyinchalik Vazirlar Mahkamasida yetakchi mutaxassis bo‘lib ishlagan.

2005−2007 yillarda Barri universitetida (AQSH) magistraturada Moliya mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan.
2007−2013 yillarda u Barri va Tanderberd (AQSH) universitetlarida dars bergan.

2008−2013 yillarda Amerikada mehmonxonalar kompaniyasi direktori bo‘lgan. 2013−2014 yillarda esa ko‘chmas mulk investitsiya kompaniyasida direktor bo‘lib ishlagan. 2014 yilda u AQSHda o‘z investitsiya kompaniyasini tashkil qildi.

2018 yilning yozida Ulug‘bek Qosimxo‘jayev O‘zbekistonga Turizm bo‘yicha davlat qo‘mitasida mas’ul lavozimga taklif qilindi va u mamlakatda turizmni rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturni amalga oshirishga o‘z hissasini qo‘shdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 1
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 0
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 60
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 36
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 65
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 88
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 0
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 0
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 1
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 60
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 43
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 31
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 57
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 67
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 39
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 34
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 98
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 216
  • Bo‘limlar