“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 21:46
ЎЗO‘Z

Toshkentda Buyuk Britaniyaning yangi universiteti ochilishi mumkin

30 yanv, 19:02 2 749 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda Buyuk Britaniyaning yangi universiteti ochilishi mumkin Bugun, 30 yanvar kuni O‘zbekistonda yuridik ta’limni rivojlantirish, Toshkentda Xalqaro huquq universitetini tashkil qilish, ingliz huquqini tatbiq qilish, yuridik ta’limni xalqaro standartlarga tenglashtirish maqsadida Buyuk Britaniyaning Huquq universiteti va Toshkent yuridik universiteti vakillari ishtirokida konferensiya bo‘lib o‘tdi.

«Bu konferensiya ingliz huquqini O‘zbekistonda qo‘llash amaliyotiga bag‘ishlanadi. Dunyoda turli xil huquqiy tizimlar mavjud. Aynan ingliz huquqiy tizimini joriy qilsak, investorlarning oqimi, tadbirkorlik sohasining rivojlanishi va iqtisodiyotning o‘sishi kabi yutuqlarga erishishimiz mumkin. Chunki bu yo‘nalishda faqat shu sohalardagi huquq bo‘yicha ta’lim beriladi va o‘rgatiladi», deydi yuridik fanlari doktori, Adliya vazirligining yuristlar malakasini oshirish kafedra mudiri Lola Saidova.

Adliya vaziri o‘rinbosari, Toshkent davlat yuridik universitetining rektori Rahim Hakimovning so‘zlariga ko‘ra, yangi ochilishi mumkin bo‘lgan universitet Buyuk Britaniyaning Xalqaro huquq universiteti (University of Law – ULaw)ning filiali hisoblanadi. Dastlabki yili kvotalar soni 400ta bo‘ladi, keyingi yillarda bu ko‘rsatkich 2000taga yetkaziladi. O‘qitish tizimida xalqaro savdo huquqi, xalqaro tijorat huquqi, xalqaro arbitraj huquqi fakultetlari ochiladi va shu yo‘nalishda o‘qitiladi. O‘qish bakalavr yo‘nalishida 4 yil davom etadi, universitet bitiruvchilariga O‘zbekistonda hamda xorijda ish faoliyatini olib boruvchi xalqaro diplom beriladi.

Shuningdek, universitet advokatlik va sud sohasidagi kadrlarni tayyorlashda qator yuridik yo‘nalishdagi universitetlar bilan hamkorlik qiladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 8250 nafar fuqaroga bir nafar advokat to‘g‘ri keladi. Xorijiy mamlakatlarda esa bir nafar advokatga – AQSHda 256 nafar, Italiyada 260 nafar, Germaniyada 500 nafar, Ozarboyjonda 667 nafar, Niderlandiyada 900 nafar, Fransiyada 1403 nafar, Qozog‘istonda 4000 nafar fuqaro to‘g‘ri keladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 0
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 100
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 59
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 32
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 557
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 50
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 0
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 0
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 2
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 25
  • Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi” 06 мая, 19:13 31
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 22
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 10
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 101
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 62
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 84
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 100
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 218
  • Bo‘limlar