“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 01:16
ЎЗO‘Z

«Yangi Angren» IESda yong‘in ro‘y berdi (video)

30 yanv, 17:30 3 938 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Yangi Angren» IESda yong‘in ro‘y berdi (video) Ijtimoiy tarmoqlarda «Yangi Angren» issiqlik elektr stansiyasida sodir bo‘lgan yirik yong‘in tasvirlangan videolavhalar tarqaldi. Unda poytaxtni Farg‘ona vodiysi bilan bog‘lovchi yo‘l bo‘yidagi elektr stansiyasidan quyuq tutun chiqayotganini ko‘rish mumkin.

Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qilishicha, «Yangi Angren» issiqlik elektr stansiyasida elektr energiyasini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan 4-chi sonli energoblokda yong‘in ro‘y bergan, hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.

«Bugun 30 yanvar kuni soat 11:40da «Yangi Angren» issiqlik elektr stansiyasida elektr energiyasini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan 4-chi sonli energoblokda nosozlik yuzaga kelishi natijasida 170 megavatt quvvat bilan to‘xtatildi. Shu vaqtda qozon agregatining tom qismida yong‘in yuzaga kelib stansiyaning tezkor hodimlari tomonidan birlamchi o‘t o‘chirish vositalari qo‘llandi va o‘t o‘chirish brigadasi jalb qilindi. Soat 14:00da yong‘in bartaraf etildi. Jabrlanganlar mavjud emas», deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

Ayni paytda energoblok ta’mirga chiqarildi va nosozlikni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Mazkur holatni o‘rganish yuzasidan maxsus komissiya tashkil qilingan.
Ayni paytda mazkur stansiyaning 3ta energobloki jami 580 MVt quvvat bilan ishlamoqda.

«Shu munosabat bilan, iste’molchilarga shuni ma’lum qilamizki, Respublikamizning ayrim hududlarida elektr ta’minotida ma’lum vaqt oralig‘ida uzilishlar kuzatilmoqda. Ta’mirlash ishlari qisqa fursatlarda yakunlanib, elektr energiyasi ta’minoti yaxshilanishi ta’minlanadi», deyilgan vazirlik xabarida.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Energetika vazirligi iste’molchilardan keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 84
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 30
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 178
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 244
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 18
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 23
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 51
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 16
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 30
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 86
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 115
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 84
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 20
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 28
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Bo‘limlar