“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 10:51
ЎЗO‘Z

Endi O‘zbekistonda erkaklar 62, ayollar esa 58 yoshda pensiyaga chiqadi (mi?)

30 yanv, 07:30 5 204 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Endi O‘zbekistonda erkaklar 62, ayollar esa 58 yoshda pensiyaga chiqadi (mi?) O‘zbekistonda pensiya ta’minoti solidar tizimda ishlaydi: ayni paytda ishlayotganlar hisobidan pensiya yoshiga chiqqanlar uchun pul to‘lanadi. Ammo tizim bosqichma-bosqich o‘zgarishi kutilmoqda.

Bu haqda Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktori birinchi o‘rinbosari Medet Tleuov 28 yanvar, seshanba kuni AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «Gazeta.uz».

Tleuovning aytishicha, O‘zbekistonda qariyb 15 million iqtisodiy faol aholi bo‘lib, ularning faqat 5 millionga yaqini soliqlarni rasman to‘lamoqda, ya’ni daromadlarini shaffof ko‘rsatadi. Shu tufayli pensiya ta’minoti tizimi aynan bugun soliq to‘lovchilar quvvatiga chambarchas bog‘langan.

Pensiya jamg‘armasi rahbariyati vakilining ta’kidlashicha, O‘zbekistonda davlat pensiya ta’minoti uch pog‘onali tizimga almashtirilishi kutilmoqda.

«Pensiya siyosati faqat bir pensiya tizimiga asoslanib qolmasligi kerak. Shu sababli, taraqqiy etgan mamlakatlarda har ikkala tizimdan foydalanishga asoslangan uch pog‘onali pensiya tizimi shakllandi — davlat pensiyasi, jamg‘arib boriladigan pensiya hamda ixtiyoriy pensiyaviy sug‘urtalash», — dedi u.

«Gazeta.uz» bilan suhbatlashgan hukumatdagi manbaning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda pensiya yoshini oshirishdan boshqa iloj yo‘q, ammo bu tadrijiy bo‘ladi.

«Erkaklarga 62, ayollarga 58 yoshni pensiyaga chiqish davri etib belgilash ko‘zda tutilmoqda. Ammo o‘zgarish birdan barchaga tatbiq etilmaydi. U bosqichma-bosqich, aholining ijtimoiy himoyasini o‘ylab, tadrijiy amalga oshiriladi», — deydi manba.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston davlat pensiya tizimini rivojlantirish va yangilash bo‘yicha konsepsiya loyihasi 2020 yilning aprel oyiga qadar e’lon qilinishi kutilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 0
  • O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi 08 мая, 08:57 15
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 44
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 55
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 55
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 150
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyalik xaker uchun 10 million dollar va’da qilindi 08 мая, 09:53 16
  • “Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi 08 мая, 09:30 24
  • Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida otishma sodir bo‘ldi 08 мая, 09:27 40
  • O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi 08 мая, 08:57 15
  • TikTok AQSH hukumatini sudga berdi 08 мая, 08:55 20
  • Isroil Rafahdagi operatsiyani HAMAS mag‘lubiyatga uchramaguncha davom ettirmoqchi 08 мая, 08:52 22
  • “Hizbulloh” Livan chegarasi yaqinidagi Isroil harbiy obyektlariga hujum uyushtirdi 08 мая, 08:47 49
  • Mbappe alamli mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi? 08 мая, 08:44 107
  • PSJ dan 30 ta zarba, 0 ta gol! 08 мая, 08:40 52
  • YECHL 1/2 final. "Borussiya" ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozonib, ilk finalchiga aylandi 08 мая, 08:31 41
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 136
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 280
  • Bo‘limlar