“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 11:20
ЎЗO‘Z

Markaziy bank InfinBank’ga nisbatan jarimalar qo‘lladi

30 yanv, 07:01 2 668 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Markaziy bank InfinBank’ga nisbatan jarimalar qo‘lladi Markaziy bank tomonidan kelib tushgan murojaat asosida ATB InfinBank’da iste’mol kreditlarini ajratish tartib-tamoyillari bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga qanchalik javob berishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘rganish davomida banklarda bir qator qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. Jumladan:
- kredit shartnomalari bankning kredit bo‘yicha foiz stavkasini bir tomonlama o‘zgartirish huquqi bilan tuzilgan;
- kredit shartnomalarida iste’mol kreditining to‘lovi uchun pul mablag‘lari ko‘chirilgunga qadar qarz oluvchilarning biron-bir to‘lovlarsiz kredit olishdan voz kechish huquqi belgilanmagan;
- ayrim qarz oluvchilarga imzolangan shartnomalarning nusxalari berilmagan.

Shunga ko‘ra, mazkur bankka iste’molchilarning huquqlarini tiklash, jumladan, kredit shartnomalari shartlarini qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish yuzasidan ko‘rsatma yuborildi.

Bank xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar uchun ATB InfinBank’ga nisbatan «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning 57-moddasiga muvofiq jarima sanksiyalari qo‘llanildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 44
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 36
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 74
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 371
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 105
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 4
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 44
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 44
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 159
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 144
  • Bo‘limlar