“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 18:45
ЎЗO‘Z

«Ahmadboy ishi» bo‘yicha 30 yanvar kuni to‘rtinchi ochiq sud bo‘lib o‘tadi

29 yanv, 17:25 2 715 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Ahmadboy ishi» bo‘yicha 30 yanvar kuni to‘rtinchi ochiq sud bo‘lib o‘tadi Jinoyat ishlari bo‘yicha Quyi Chirchiq tuman sudi binosida sudlanuvchilar Ahmad Tursunboyev va boshqalarga (sudlanuvchilarning umumiy soni – 16) nisbatan jinoyat ishining tergov bilan yakunlangan qismini ko‘rib chiqish bo‘yicha to‘rtinchi ochiq sud bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov ma’lum qildi.

Mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi X.Shermuxamedov raisligida ko‘rib chiqilmoqda.
Sudlanuvchilar A.Tursunboyev va boshqalar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Hozirgi kunda sud tergovi o‘tkazilmoqda. Sud jarayoni davom etmoqda. Keyingi sud majlisi 30 yanvar kuni o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning 28 oktabrida jinoyat ishlari bo‘yicha Quyi Chirchiq tuman sudi binosida sudlanuvchilar Ahmad Tursunboyev va boshqalarga (sudlanuvchilarning umumiy soni — 16) nisbatan jinoyat ishining tergov bilan yakunlangan qismini ko‘rib chiqish bo‘yicha uchinchi ochiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston tarixidagi eng mashhur moliyaviy piramidani qurgan chinozlik Ahmad Tursunboyevga 13 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan, 1 yil tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlangan va u eng kam ish haqining 400 baravari miqdorida jarimaga tortilgandi.

Ozodlikdan mahrum qilish jazosining o‘talmagan muddati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2016 yil 12 oktabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma to‘rt yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida»gi Qarorining 6-bandi «b» kichik bandiga asosan to‘rtdan bir qismiga qisqartirilgan.

2019 yilning dekabrida Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Bekzod Mengliyev Ahmad Tursunboyevning odamlardan jami 386 mlrd so‘m miqdorida qarzi mavjudligini ma’lum qilgandi. 2020 yilning yanvar oyi oxirida undan jabrlanganlarning pullarini qisman qaytarish boshlandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 50
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 26
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 466
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 48
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 0
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 23
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 33
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 49
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 119
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 45
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 75
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 20
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 103
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 26
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 107
  • Bo‘limlar