“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 12:57
ЎЗO‘Z

Prezident avia va temiryo‘l chiptalari narxini arzonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

29 yanv, 06:29 2 829 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident avia va temiryo‘l chiptalari narxini arzonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 yanvar kuni turizmni rivojlantirish, jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bugungi kunda jahon turizm bozori hajmi qariyb 9 trillion dollarni tashkil etmoqda. Dunyoda ish bilan band aholining har o‘ninchisi ushbu sohada faoliyat yuritmoqda. Tahlillarga ko‘ra, turistlar havo transportida uchish vaqti 5 soatgacha bo‘lgan o‘lkalarga eng ko‘p sayohat qiladi. Mamlakatimiz atrofida bunday masofada 60 ga yaqin davlat, 3 milliard aholi bor. Yiliga ularning qariyb 360 millioni xorijga sayohat qiladi. Bu ulkan turizm bozori degani.

O‘tgan yili yurtimizga 6,7 million nafar sayyoh kelgan. Diyorimiz 10 dan ortiq nufuzli xalqaro nashrlarda eng jozibali turistik maskan sifatida e’tirof etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan haftada o‘zining Oliy Majlisga Murojaatnomasida turizmni iqtisodiyotning strategik tarmog‘iga aylantirish ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi. Tanqidiy tahlil ruhida o‘tgan yig‘ilishda ushbu natijalarga erishish uchun amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Sayyohlikning an’anaviy turlari qamrovini kengaytirish bilan birga yangi ko‘rinishlarini ko‘paytirish zarurligi ta’kidlandi.

Kardiologiya, urologiya, stomatologiya, oftalmologiya kabi yurtimiz yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tibbiyot yo‘nalishlarida turizmni rivojlantirish, sog‘lomlashtirish va dam olish maskanlariga strategik investorlarni jalb qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi. MDH davlatlari kasaba uyushmalari bilan yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘yib, sayyohlar sonini keskin oshirish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Madaniyat vazirligiga turizm marshrutiga kiritilgan ob’ektlar sonini joriy yilda 800 taga, 2025 yilda esa 2,5 mingtaga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

Qishki turizmni rivojlantirish bo‘yicha 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan investitsiya loyihalarini ishlab chiqib, amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.

Samolyot va poyezdlarimizda xizmat ko‘rsatish sifati pastligi, chiptalar narxi esa qimmatligi yo‘lovchilarning asosli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Oqibatda ko‘pchilik xorijiy tashuvchilar xizmatini tanlamoqda. Temir yo‘l va avia yo‘nalishlarimiz keng qamrovli va raqobatbardosh emasligi ko‘rsatib o‘tildi.

Transport vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga O‘zbekistonning 4 aeroportida joriy etilgan “ochiq osmon” rejimidan to‘liq foydalanish, yangi avia yo‘nalishlar ochish, tezyurar poyezdlar sonini ko‘paytirish, chiptalar narxini arzonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Yo‘l bo‘yi turizm infratuzilmasini rivojlantirish, “turizm qishlog‘i”, “turizm ovuli” va “turizm mahallasi” loyihalarini amalga oshirish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 39
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 75
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 388
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 12
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 16
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 137
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 73
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 61
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar