“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 04:03
ЎЗO‘Z

Xitoyda koronavirusni davolash 1-2 hafta vaqt olishi ma’lum qilindi

28 yanv, 19:04 4 220 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xitoyda koronavirusni davolash 1-2 hafta vaqt olishi ma’lum qilindi Koronavirusning yangi turi tufayli kelib chiqqan pnevmoniya bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun bir hafta, og‘irroq holatlarda esa ikki hafta vaqt kerak. «Daryo.uz»ning yozishicha, bu haqda Sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha Xitoy davlat qo‘mitasining mutaxassislar guruhi a’zosi Li Sinvan ma’lum qilgan.

«Hozirgi vaqtda kasallikning yengil alomatlari bo‘lgan bemorlar taxminan bir hafta ichida tuzalmoqda, jiddiyroq kasallanganlarga esa ikki hafta, balki undan ham ko‘proq vaqt kerak. Shu sababli vaqt o‘tishi bilan kasalxonadan javob beriladigan bemorlar soni ko‘payishiga ishonch bor», degan Li Sinvan.

Uning aytishicha, bemorlar kasalxonadan chiqarilishi uchun kasallikning klinik belgilari butunlay ketishi, tana harorati me’yoriga kelishi virusli nuklein kislotasiga tahlili ikki marta salbiy natija ko‘rsatishi kerak.

Sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha Xitoy davlat qo‘mitasining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyda koronavirusning yangi turidan kelib chiqqan pnevmoniya bilan kasallanganlar soni 4 515 kishiga yetdi. Shulardan 106 nafari vafot etdi, 60 nafari tuzalib kasalxonadan ruxsat berildi.

Epidemiya sabab Xitoydagi umumiy aholisi 57 million kishiga teng 15 ta shahar to‘liq yoki qisman yopilgan. Xitoy rahbari Si Szinpin vaziyatni murakkab deb atagan. O‘zbekistonda ushbu virusning mamlakatga kirib kelmasligi uchun choralar ko‘rilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 30
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 92
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 25
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 52
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 35
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 32
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 141
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 28
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 81
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • Bo‘limlar