“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 08:18
ЎЗO‘Z

Tanzila Norboyeva: "O‘zbekistonda 5 million aholi kambag‘allikda hayot kechirmoqda"

28 yanv, 09:23 2 977 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tanzila Norboyeva: "O‘zbekistonda 5 million aholi kambag‘allikda hayot kechirmoqda" O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosarlari, tuman va shaharlar hokimlari uchun o‘quv-seminari tashkil etildi.

O‘zA xabar berishicha, tadbirda chiqish qilgan Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Prezidentimizning xalqimizga yo‘llagan murojaatnomasida ko‘tarilgan masalalar, ularni hal etish choralariga e’tibor qaratdi.

«Xalqimiz farovonligini oshirish murojaatnomada ko‘zda tutilgan bosh maqsaddir. Davlatimiz rahbari bu yo‘nalishda qanday muammolar borligi bilan bir qatorda ularning yechimlarini ham ko‘rsatib berdi. Aslida farovonlik har bir insonning normal hayot kechirishi uchun barcha sharoiti yaxshi bo‘lishidir. Hammada shunday imkoniyat bor, deya olamizmi? Afsuski, yo‘q.

Shu ma’noda Prezidentimiz kambag‘allik haqida bejiz to‘xtalmadi. Chunki bu muammo mamlakatimizda mavjud. Ilgari ijtimoiy sohada ishlaganim uchun ham men buni yaxshi bilsam-da, «kambag‘allik yo‘q», deb aytish mumkin emas edi. Biz buni «kam ta’minlanganlik», deb xaspo‘shlab keldik. Holbuki, bugun O‘zbekistonda 5 million aholi kambag‘allikda hayot kechirmoqda. Muammoni ochiq aytishdan maqsad-muddao esa unga barham berish uchun barcha choralarni ishga solishdir
», degan Tanzila Norboyeva.

Senat raisi jamiyatdagi mavjud muammolar yechimida har bir tizim o‘z vazifasini to‘laqonli bajarishi maqsadga muvofiqligini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatida mamlakatda kam ta’minlangan aholi soni 12−15 foizni tashkil etishi to‘g‘risida gapirgan va O‘zbekistonda Kambag‘allikni kamaytirish dasturi ishlab chiqilishini ma’lum qilgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 40
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 52
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 49
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 136
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 163
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 96
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 109
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 225
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 31
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 81
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 135
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 147
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 170
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 72
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 114
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 100
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 39
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 79
  • Bo‘limlar