“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 23:16
ЎЗO‘Z

TIV o‘zbekistonlik migrantlarning sharoitini yaxshilash bo‘yicha Rossiya bilan muzokara o‘tkazmoqda

27 yanv, 08:46 2 669 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
TIV o‘zbekistonlik migrantlarning sharoitini yaxshilash bo‘yicha Rossiya bilan muzokara o‘tkazmoqda Rustam G‘oziyev / Foto: AOKA
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti birinchi kotibi Rustam G‘oziyev 23 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Rossiya OAVda tarqalgan O‘zbekiston hukumati Rossiyadan mehnat muhojirlariga nisbatan amnistiya so‘ragani haqidagi xabarga izoh berdi.

“Haqiqatan ham O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi migrantlarimiz uchun qulay sharoitlarni yaratish bo‘yicha Rossiya tomoni bilan muzokaralar olib bormoqda. Rossiyalik hamkasblarimizga bir nechta takliflarni taqdim etganmiz, ayni paytda ular ko‘rib chiqilmoqda”, deydi TIV mas’ul xodimi.

Rustam G‘oziyev Rossiya hududida migratsiya qonunchiligini buzgani uchun deportatsiya qilingani sababli endilikda ushbu mamlakatga kirolmayotgan migrantlarni amnistiya qilish masalasi ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari muzokaralar kun tartibidan o‘rin olgan-olmagani haqida ma’lumotga ega emasligini bildirdi. Biroq uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xorijda mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklarning sharoitlarini yaxshilashga harakat qilmoqda.

Tashqi ishlar vazirligi mutaxassis, shuningdek, Rossiyaga ishlashga borayotgan o‘zbekistonliklarni ro‘yxatga olish muddati uzaytirilishi ehtimoli xususida ham to‘xtalib o‘tdi.

“Ommaviy axborot vositalarida Rossiyaga O‘zbekistondan boruvchi mehnat muhojirlarini ro‘yxatga olish muddatini 7 kundan 15 kungacha uzaytirilishi mumkinligi haqida ham xabarlar tarqalgan. Men Konsullik-huquqiy departamenti vakili sifatida bu haqda aniq axborotga ega emasman. Chunki Tashqi ishlar vazirligida bu masala bilan boshqa bir tuzilma – Shartnomaviy-huquqiy departament shug‘ullanadi”, deydi Rustam G‘oziyev.

Eslatib o‘tamiz, “Kommersant’” nashriga ko‘ra, O‘zbekistonning bir necha yuz ming fuqarosi Rossiyaga kira olmayapti, chunki ular avval migratsiya qonunchiligini buzgan. Rossiyaga keyinchalik qayta kirishga yo‘l qo‘yilmaydi deb, hududni tark etishga qo‘rqib turgan xuddi shuncha qonunbuzar bor.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 0
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 4
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 147
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 74
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 36
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 658
  • So'nggi yangiliklar
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 1
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 0
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 0
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 0
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 0
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 0
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 0
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 3
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 4
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 21
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 91
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 143
  • Bo‘limlar