“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 03:50
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda 2019 yilda qancha naqd pul muomalada bo‘lgani ma’lum qilindi

24 yanv, 10:13 3 022 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda 2019 yilda qancha naqd pul muomalada bo‘lgani ma’lum qilindi Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 2019 yilda O‘zbekistondagi bank kassalari orqali o‘rtacha oylik naqd pul aylanmasi 23,9 trillion so‘mni va yil bo‘yicha jami 287,1 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu 2017 yilga nisbatan 3,4 barobarga va 2018 yilga nisbatan 1,7 barobarga ko‘pdir.

Muomalaga chiqarilgan naqd pullarning qaytuvchanlik koeffitsiyenti 2017 yilda 86,6 foizni, 2018 yilda 96,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yilda bu ko‘rsatkich 98,7 foizgacha ko‘tarilgan.

Xususan, 2019 yilda banklar orqali olingan naqd pullar hajmi 68,4 foizga ko‘paygan bo‘lsa, kelib tushgan naqd pul mablag‘lari hajmi 71,6 foizga oshgan.

Natijada muomaladagi naqd pullar miqdorining o‘sishi 2019 yilda 9,4 foizni tashkil etib, 2018 yil (14 foiz) va 2017 yillarga (47,2 foiz)ga nisbatan sekinlashgan.

2017 yilda oylik bank tushumlarining muomaladagi naqd pullarga nisbati 18,6 foiz bo‘lgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich 2018 yilda 31,7 foizga va 2019 yilda 46,6 foizga (jumladan, dekabr oyida 60,4 foizga) yetgan.

«Mazkur tendensiya naqdsiz hisob-kitoblarning yangi instrumentlari va mexanizmlarining joriy etib borilishi, valyuta bozorining tobora erkinlashuvi va bankomatlar tarmog‘ining kengayishi bilan bog‘liq o‘zgarishlar orqali izohlanadi», — deyiladi Markaziy bank xabarida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 12
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 60
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 18
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 198
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 83
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 39
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 12
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 27
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 9
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 60
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 43
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 33
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 36
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 141
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 70
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 57
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 55
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 140
  • Bo‘limlar