“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 19:00
ЎЗO‘Z

Tanzila Norboyeva: «Iltimos, odob va tartibni buzmanglar»

24 yanv, 09:23 3 228 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tanzila Norboyeva: «Iltimos, odob va tartibni buzmanglar» Tanzila Norboyeva Senatning Reglament va odob komissiyasi hech qachon ishlamasligini xohlamoqda. Senat raisi bu haqda yangi saylangan parlament yuqori palatasining 20 yanvar, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan birinchi yalpi majlisida aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda «Daryo».

Senat raisi Tanzila Norboyeva o‘z chiqishida senatorlardan Prezident Shavkat Mirziyoyevning ko‘rsatmalariga asosan olib borilayotgan ishlarni odamlarning sha’niga tegmay amalga oshirishni iltimos qildi.

- Prezidentimiz juda katta, kuchli jamoa yig‘gan. Viloyat, tuman va shahar hokimlari — hammangiz katta ish qilyapsiz. Lekin bitta noo‘rin qilgan harakatimiz qilgan hamma ishlarimizga dog‘ tushurib qo‘yishi mumkin.

Xalqimiz kechagi emas — bizga, vakiliga qat’iy talab qo‘ymoqda. «Reglament va odob komissiyasi nima uchun ko‘rmayapti, nima uchun chora ko‘rmayapsizlar?», degan masala qo‘yiladigan bo‘lsa, biz ko‘rib chiqishga va davlat rahbariga ham axborot kiritishga majbur bo‘lamiz.

Shuning uchun sizlardan juda ham iltimos qilaman — odob va tartibni buzmagan holda, davlatimiz rahbari olib borayotgan ishlarni juda chiroyli qilib amalga oshirishlaringni xohlardim; albatta, qattiqqo‘llik kerak, lekin inson sha’niga tegmasdan amalga oshirish kerak, - Tanzila Norboyeva.

Ma’lumot uchun, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida»gi qonunning 11-moddasiga muvofiq, deputat va senator odob qoidalariga qat’iy rioya etishi lozim. Qoidalar buzilgan taqdirda, deputat va senatorning xulq-atvori to‘g‘risidagi masala tegishli palata tomonidan yoki uning topshirig‘iga binoan palataning organi tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin. Shu munosabat bilan, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida»gi qonunning 8-moddasiga muvofiq, Senatda Reglament va odob komissiyasi tuzilgan.

Qayd etish joiz, 2019 yil sentabrida Senatning Reglament va odob komissiyasi Farg‘ona viloyati hokimi, senator Shuhrat G‘aniyevning soqol qo‘yganlar, ro‘mol o‘raganlar va ish joyida namoz o‘qiganlarga qilgan tahdidini muhokama qilgan edi. O‘shanda hokim «o‘tinib-o‘tinib kechirim so‘ragan», Senat uni qattiq ogohlantirib, uch oy sinov muddati bergandi. Oradan ikki oy o‘tib, Shuhrat G‘aniyev yana fuqarolarga tahdid qilgani rasman isbotlandi, biroq bu safar Senat Farg‘ona viloyati hokimining ushbu xatti-harakatlariga munosabat bildirmadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 10
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 15
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 28
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 161
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 309
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 93
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 0
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 29
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 10
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 25
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 15
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 86
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 28
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 159
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 297
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 73
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 44
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 60
  • Bo‘limlar