“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 00:39
ЎЗO‘Z

Harvard universiteti Qur’on oyatini adolatning eng yaxshi e’tirofi deb topdi

24 yanv, 08:28 3 715 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Harvard universiteti Qur’on oyatini adolatning eng yaxshi e’tirofi deb topdi Foto: Harward Law School
Harvard universiteti Qur’onning «Niso» surasi 135-oyatini adolat tushunchasiga berilgan eng yaxshi tavsiflardan biri sifatida tan oldi.
Oyat installyatsiya ko‘rinishida universitetning Yuridik fakulteti kutubxonasiga kirishda devorga osib qo‘yildi, deb xabar bermoqda Islam Today.

Wall of Harvard School of Law/Twitter
«Niso» (arabcha «Ayollar») surasining 135-oyatida shunday deyiladi:
«Ey iymon keltirganlar! Adolat bilan turing hamda agar o‘zingiz, ota-onangiz va qarindoshlaringiz ziddiga bo‘lsa ham, Alloh uchun to‘g‘ri guvohlik beruvchi bo‘ling. Agar u boy bo‘lsa ham, kambag‘al bo‘lsa ham, Alloh unga yaqinroqdir. Havoyi nafsga ergashib, adolatsizlik qilmang. Agar tilingizni bursangiz yoki yuz o‘girib ketsangiz, albatta, Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir».

Harvard universiteti rasmiy saytida bayon qilinishicha, oyat insoniyatning adolat va qonun ustuvorligiga bo‘lgan kuchli ehtiyojini eslatib turadi. «Ushbu so‘zlar adolat tushunchasining kuchi va shiddatini ko‘rsatib beradi», deyiladi universitet saytida.

Shuningdek, rasmiy izohda ushbu oyat guvohlik berishda haqiqatni so‘zlashning muhimligi ta’kidlangani bilan ahamiyatli ekaniga e’tibor qaratilgan.
Ma’lumot uchun, «Niso» surasining 135-oyati Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf muallifligidagi «Tafsiri Hilol»da quyidagicha sharhlanadi:

«Guvohlik Alloh uchun bo‘lishi kerak. Boshqa narsa uchun emas. Biror shaxs uchun, qabila uchun emas, hizb yoki xalq uchun emas. Faqat Alloh uchun bo‘lishi kerak. Ana shundagina adolatli guvohlik bo‘ladi. Albatta, odamning o‘ziga qarshi guvohlik berishi, ota-onasiga qarshi guvohlik berishi oson emas. Lekin ilohiy ta’limot shunga iroda qiladi. Guvohlik berishda nasab omili hisobga olinmaganidek, guvohlik berilayotgan shaxsning, ya’ni ayblanuvchining ijtimoiy holati ham e’tiborga olinmaydi. Havoyi nafs o‘zini sevishga, ota-ona va qarindoshlarga yon bosishga undashi mumkin. U Zot O‘zi bilib, adolat ila jazongizni beradi. Tilingizni burib, noto‘g‘ri guvohlik berishingiz mumkin emas. Shuningdek, mas’uliyatdan qochib, guvohlik berishdan yuz o‘girishingiz ham mumkin emas».

Oyat tafsirida, shuningdek, Muhammad (s.a.v) o‘z hadislaridan birida: «Guvohlarning eng yaxshisi – so‘ralmasdan guvohlik berguvchisidir», degan so‘zlari ham keltirilgan.

Ma’lumot uchun, 1817 yilda tashkil etilgan Harvard yuridik fakulteti AQSHning eng uzoq tarixga ega, uzluksiz faoliyat yuritib kelayotgan yuridik maktabi hisoblanadi. Bir qator mashhur shaxslar, jumladan AQSHning 44-prezidenti Barak Obama ham bu maktabning bitiruvchisi sanaladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 0
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 16
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 130
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 36
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 47
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 61
  • So'nggi yangiliklar
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 0
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 0
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 16
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 46
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 20
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 63
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 54
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 90
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 266
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 130
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 21
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 155
  • Bo‘limlar