“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 10:03
ЎЗO‘Z

Qo‘lga olingan shaxslar himoyasi uchun yangi loyiha ishlab chiqildi

24 yanv, 08:00 2 498 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qo‘lga olingan shaxslar himoyasi uchun yangi loyiha ishlab chiqildi Endilikda qidiruvdagi yoki jinoyat sodir etgan shaxs ushlanganda o‘sha joyning o‘zidayoq, uning yaqin qarindoshi yoki oila a’zolariga ma’lum qilinadi. Bu haqda Respublika Bosh prokuraturasi matbuot kotibi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, mamlakat rahbarining 2019 yil 13 dekabrdagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika Bosh prokuraturasi tomonidan inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan yangi qonun loyihasi ishlab chiqilgan. Loyihaga ko‘ra, bundan buyon protsessual harakatlarni amalga oshirishda videoyozuvdan foydalanilishi majburiydir.

Ya’ni gumonlanuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining advokatdan voz kechish jarayoni, shaxsni ushlash hamda shaxsni ushlash jarayonida o‘tkaziladigan shaxsiy tintuv va olib qo‘yish harakatlari videoyozuv guvohligida amalga oshiriladi.

So‘ngra ushbu jarayonlarning videoyozuv orqali amalga oshirilganligi haqida tegishli bayonnomaga qayd etilib, unga videoyozuv materiallari ilova qilinadi.

Shaxsni ushlash jarayonida videoyozuvni qo‘llash imkonini bermaydigan yoki kechiktirib bo‘lmaydigan holatlardagina videoyozuv qo‘llanilmaydi.
Ammo ushbu sharoitda ham qo‘lga olingan shaxs davlat organi binosiga olib kelingach, uning huquqlari haqida tushuntirish jarayoni videotasvirga olinadi.

Ushbu loyihaning yana bir muhim jihati shuki, endilikda qidiruvdagi yoki jinoyat sodir etgan shaxs ushlanganda bu haqda o‘sha joyning o‘zidayoq, uning yaqin qarindoshi yoki oila a’zolariga ma’lum qilinadi.

Ayni damda ushbu loyiha muhokama portaliga joylashtirilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 21
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 57
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 90
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 271
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 106
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 3
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 21
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 8
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 68
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 56
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 31
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 88
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 209
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 121
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 110
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 57
  • Bo‘limlar