“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 19:57
ЎЗO‘Z

Insonga yuqtirilgan koronavirusning dastlabki belgilari qanday?

24 yanv, 07:01 10 758 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Insonga yuqtirilgan koronavirusning dastlabki belgilari qanday? Xitoyda 571 holatda koronavirus kasalligi aniqlangan. Ushbu xastalikdan 17 nafar inson vafot etgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anumanida ma’lumot berildi.

Sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi direktori Bahrom Almatov ma’lum qilishicha, kasallik Tailand, Yaponiya va Janubiy Koreya kabi davlatlarda aniqlangan. Shuningdek, Uxan shahrida epidemiologik surishtiruv o‘tkazilganda, ayrim kasallangan bemorlarning mahalliy dengiz mahsulotlari savdo bozorlarida ishlaganligi ma’lum bo‘lgan.

Ushbu kasallik bilan og‘rigan bemor asosan tana haroratining yuqoriligi hamda nafas olishining qiyinlashishidan shikoyat qiladi. Xususan, yuqorida nomlari keltirib o‘tilgan davlatlarda bemorlar ko‘krak qafasi rentgenografiya ko‘rigidan o‘tkazilganda, ularning o‘pkalari shikastlanganligi aniqlangan.

Bundan tashqari dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus infeksiyasining asosan hayvonlardan yuqishi taxmin qilingan edi. Ammo bugungi kunda ushbu kasallikning odamdan odamga yuqishi ma’lum bo‘lgan va 20 nafarga yaqin tibbiyot xodimi mazkur xastalikni yuqtirib olgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Xitoyda tarqalgan koronavirus tufayli chegaradagi sanitar nazoratni kuchaytirdi. Davlat chegarasi kesishgan joylardagi Sanitariya-karantin punktlaridan o‘tayotgan yo‘lovchilarni sifatli tibbiy-sanitariya ko‘rigidan o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 0
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 10
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 16
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 29
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 163
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 310
  • So'nggi yangiliklar
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 0
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 0
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 0
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 29
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 10
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 25
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 15
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 86
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 28
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 159
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 297
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 73
  • Bo‘limlar