“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 20:16
ЎЗO‘Z

"Umid avto lizing" yuzlab fuqarolar umidini puchga chiqardi

24 yanv, 00:02 7 355 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
"Umid avto lizing" yuzlab fuqarolar umidini puchga chiqardi O‘zbekiston Iste’molchilar huquqini himoya qilish federatsiyasi “Umid avto lizing” kompaniyasiga po‘l to‘lab avtomobil ola olmagan 60 nafar fuqaroga yordam berdi, deb yozadi Sputnik nashri muassasa xabariga asosan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, rishtonlik X.O‘lmasov 2018 yilning 31 oktabr kuni “Umid avto lizing” MCHJ bilan shartnoma imzolab, NЕKSIYA-3 rusumli avtomobilni lizingga sotib olmoqchi bo‘lgan. Shartnoma imzolangach, mijoz oldindan to‘lanadigan naqd 34750000 (o‘ttiz to‘rt million yetti yuz ellik ming) so‘mni MCHJ hisob raqamiga o‘tkazgan. Kelishuvga ko‘ra, lizing kompaniyasi avtomashinani 150 kun ichida olib berishini aytgan. Ammo aytilgan muddatdan o‘tib ham mijozga mashina berilmagan.

Fuqaro bir yil davomida kompaniya ortidan sarson bo‘lgach, Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma tarzda murojaat qilgan. Jamiyat sa’y-harakatlari bilan ”Umid avto lizing” MCHJ kompaniyasi mijoz da’vogar bo‘lgan boshlang‘ich 34750000 so‘mni uning plastik kartasiga qaytarib bergan.

Shuningdek, ushbu kompaniya faoliyati ortidan quvalik M.Ismoilov ham sarsongarchiliklarga duch kelgan. Fuqaro NЕKSIYA-3 avtomashinasini sotib olish uchun “Umid avto lizing” MCHJ kompaniyasi hisobiga boshlang‘ich 33758266 (o‘ttiz uch million yetti yuz ellik sakkiz ming ikki yuz oltmish olti) so‘m to‘lovni amalga oshirgan.

Belgilangan vaqtdan o‘tib ham va’da qilingan avtomashinani ololmagach, fuqaro kompaniya ustidan ko‘plab joylarga shikoyat qilgan. Ammo birgina Farg‘ona shahar istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining yordami bilan “Umid avto lizing” MCHJ mijoz o‘tkazgan boshlang‘ich 33758266 so‘m to‘lovni uning kartasiga qaytargan.

Matbuot xizmatining ma’lumot berishicha, Respublika iste’molchilar huquqini himoya qilish federatsiyasiga “Umid avto lizing” MCHJ ustidan 60 ga yaqin shikoyat kelib tushib, Federatsiya tomonidan yordam ko‘rsatilgan. Bundan tashqari yana yuzlab mijozlar ushbu kompaniya ortidan sarson bo‘lishmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 7
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 5
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 86
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 141
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 57
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 56
  • So'nggi yangiliklar
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 7
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 11
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 5
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 105
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 86
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 184
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 141
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 57
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 80
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 56
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 179
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 94
  • Bo‘limlar