“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 20:13
ЎЗO‘Z

Tadbirkorlar uchun bo‘sh yerlar sotilayotganidan xabardormisiz?

23 yanv, 16:00 4 006 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tadbirkorlar uchun bo‘sh yerlar sotilayotganidan xabardormisiz? Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida "Davgeodezkadastr" qo‘mitasi rahbariyati tomonidan tashkil etilgan brifingda sohadagi onlayn-auksion tizimi haqida ma’lumotlar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26 avgustdagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini berish hamda arxitektura-qurilish ishlarini amalga oshirish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4427-son qaroriga muvofiq tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 dekabrdagi 1023-son qarori bilan “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi to‘g‘risida” nizom tasdiqlandi.

Mazkur qaror va nizomga muvofiq, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalari tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga beriladi.

Jismoniy va yuridik shaxslarga aniq investitsiya majburiyatlari bilan birga yer uchastkasi va rejalashtirilayotgan qurilish ob’ekti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keyinchalik ularni elektron onlayn-auksionga qo‘yish masalasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun joylashtirishga takliflar kiritish huquqi bo‘yicha qo‘shimcha modul ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu modul e-kadastr.uz manzilida joylashtirilgan.

Ushbu manzil orqali yuborilgan arizalar O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat qo‘mitasining avtomatlashgan tizimi i-intizom tizimiga kelib tushadi. Yer uchastkasini tanlash materiallari “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi hududiy qurilish bosh boshqarmalari, tuman (shahar)lar qurilish bo‘limi bo‘lim bilan hamkorlikda tayyorlanadi.

Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ma’lumotlar kelib tushgan kundan besh ish kuni mobaynida qonunchilikda nazarda tutilgan zarur materiallar tayyorlanadi.

Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o‘zlarining arizalarining jarayoni to‘g‘risidagi ma’lumotga yega bo‘lish uchun Telegram bot (ijrobot) yaratilgan ushbu botga kirish uchun qidirish tugmasiga @geoijro_bot kalit so‘zini yozish yo‘li bilan aniqlik kiritish imkoniyati yaratilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 1
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 11
  • Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi 30 apr, 18:28 20
  • Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi 30 apr, 16:27 44
  • Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi 30 apr, 16:05 17
  • Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi 30 apr, 15:15 66
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 0
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 1
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 11
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 63
  • Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi 30 apr, 18:28 20
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 35
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 80
  • Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi 30 apr, 17:21 93
  • NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik” 30 apr, 17:00 116
  • Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi 30 apr, 16:46 82
  • Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi 30 apr, 16:27 44
  • Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi 30 apr, 16:05 17
  • Bo‘limlar