“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 11:55
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda OAV va blogerlarni qo‘llab-quvvatlovchi yangi jamoat fondi ish boshladi

22 yanv, 18:00 2 526 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda OAV va blogerlarni qo‘llab-quvvatlovchi yangi jamoat fondi ish boshladi O‘zbekistonda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi ish boshladi. Bu yangi fond milliy mass-media hamjamiyatining o‘zini o‘zi boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqishga ko‘maklashishni ham o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
«Sizlarga mamnuniyat bilan ma’lum qilmoqchimizki, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan nodavlat notijorat tashkilot sifatida ro‘yxatga olindi hamda rasman o‘z ish faoliyatini boshladi.

Jamoat fondimizning asosiy maqsadi ommaviy axborot vositalariga media bozorida teng sharoit yaratish, ularni yanada rivojlantirish hamda jurnalist va blogerlarning huquqlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishdir.

Shuningdek, jamoat fondi milliy mass-media hamjamiyatining o‘zini o‘zi boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqishga ko‘maklashishni ham o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Ommaviy axborot vositalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jurnalistlar va blogerlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularga huquqiy, tashkiliy, texnik va boshqa xil yordam ko‘rsatish jamoat fondining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.

Kelgusida jamoat fondi va uning loyihalari haqida batafsil ma’lumot berib boramiz. Bizni kuzatishda davom etasiz, degan umiddamiz», deyiladi fondning telegramdagi kanalida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 44
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 36
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 74
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 371
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 105
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 4
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 44
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 44
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 159
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 144
  • Bo‘limlar